Iroqda DEASh terror tashkiloti hujumi oqibatida 11 kishi jon berdi

Iroqda Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyotlari davom etar ekan terroristlarning ad-Dubbat mahallasiga qarshi 6 ta katyusha raketasi orqali hujum qilishi oqibatida 11 kishi jon berdi.

650209

Raketalarning bir uyga borib tushishi oqibatida jon berganlarning hammasining bir oila a’zosi ekanligi ma’lum bo’ldi.

Iroq armiyasi esa shahardagi to’rtta mahallani o’z nazorati ostiga oldi va shaharning janubiy-sharqidagi Dijla daryosiga yetib bordi.

Ko’zlagan mintaqalarini qo’ldan boy berayotgan terror tashkiloti tinch aholini nishonga olmoqda.  

Mosulni tark etganlar soni esa 173 ming nafarga yetdi.

Iroq armiyasi 2014-yilning iyun oyidan beri DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Mosul shahrini qutqarish maqsadida, 2016-yilning 17-oktabrida Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi koalitsiya kuchlari qo’llab-quvvatlagan o’z amaliyotini boshlatgan edi.

Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mosul , #DEASh terror tashkiloti

Aloqador xabarlar