Mosulni roppa-rosa 3 kun ichida 4 ming 500 kishi tark etdi

Iroq armiyasi 2014-yilning iyun oyidan beri DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Mosul shahrini qutqarish maqsadida, 2016-yilning 17-oktabrida AQSh rahbarligidagi koalitsiya kuchlari qo’llab-quvvatlagan o’z amaliyotini boshlatgan edi.

647446
Mosulni roppa-rosa 3 kun ichida 4 ming 500 kishi tark etdi

Iroqning Mosul shahrini DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti uzluksiz davom etar ekan, 3 kun ichida 4 ming 500 kishi o’z uy-joyini tark etib, boshpanalarda jon saqlashga majbur qo’ldi.

Iroq Qizil yarim oy jamiyati yetakchilaridan Iyad Rafid, “Anadolu” axborot agentligi muxbiriga bergan ma’lumotida, Iroq migratsiya va ko’chgan shaxslar ishlari bo’yicha vazirligi bilan mahalliy va xalqaro yordam tashkilotlariga qarashli guruhlarning, oxirgi 72 soat ichida Mosulning shimol va janub mahallalaridan qo’chgan 4 ming 500 kishini lagerlarga joylashtirganligini aytdi.  

Rafid, Iroq armiyasi bilan vazirlikga qarashli transportlarning 1 500 nafar muhojirni Hazir, 3 ming nafarini esa Al-Jad lageriga olib borganligini qayd etdi.

Iroq armiyasi 2014-yilning iyun oyidan beri DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Mosul shahrini qutqarish maqsadida, 2016-yilning 17-oktabrida Amerika Qo’shma Shtatlari rahbarligidagi koalitsiya kuchlari qo’llab-quvvatlagan o’z amaliyotini boshlatgan edi.

Amaliyotni Peshmerga kuchlari bilan ko’pchiligi Bashika lageridagi turk harbiylaridan ta’lim olgan Ninova mujohitlari ham qo’llab-quvvatlamoqda.



Aloqador xabarlar