Suriyada sulh bitimi kuchga kirishi bilan aholi Halabga qayta boshladi

BMT Suriya Gumanitar yordam kordinatori o’rinbosari Sajjad Malik: “Havo juda sovuq va insonlar derazalari, eshiklari bo’lmagan uylariga kelib joylashmoqda”.

644820
Suriyada sulh bitimi kuchga kirishi bilan aholi Halabga qayta boshladi

Halabdagi ahvol juda nochor ekaniga qaramay, mahalliy aholi sulh bitimi kuchga kirishi bilanoq takror viloyatga qayta boshladi.

Bu haqda ma’lumot bergan BMT Suriya Gumanitar yordam kordinatori o’rinbosari Sajjad Malikning aytishicha, xozirgacha 2200 oila Halabga qaytib keldi.

Halabdagi vayronagarchilik o’ta ayanchli ahvolda ekanini va viloyatni qaytatdan tiklash ancha vaqt talab qilishini aytgan Sajjad Malik: “Havo juda sovuq va insonlar derazalari, eshiklari bo’lmagan uylariga kelib joylashmoqda”,-dedi.

Halabda qurol ovozlari tinishi bilan bolalarning vayrona binolardan chiqib, ko’chalarda o’ynayotgani kuzatiladi.

Sulh bitimi kuchga kirishi bilan insonlarda yaxshi kunlarning kelishiga katta umid paydo bo’lgan.

Sajjad Malikning aytishicha, Suriya xalqining umidlari takror-takror puchga chiqdi, ularning umidi yana puchga chiqmasligi uchun tinchlikni ta’minlashga zamin yaratish zarur.

Urushdan oldin 4 mln aholi istiqomat qilgan Halab viloyatida xozirda 1.5 mln aholi mavjudligini taxmin qilgan Sajjad Malik, bu raqamning 400 minggini mamlakat ichida boshqa hududlarga ko’chib ketganlar tashkil qiladi.

Uning aytishicha, Halabda 5 yildan beri maktabga bormagan va ruhiy muolajaga muhtoj bo’lgan bolalar bor.

Ular uchun BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF xizmat bera boshladi.



Aloqador xabarlar