Rossiya va Eron Suriyada urushni to'xtatish masalasida kelishib oldi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Suriya masalasini muhokama qildi.

641832
Rossiya va Eron Suriyada urushni to'xtatish masalasida kelishib oldi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Suriya masalasini muhokama qildi.

Kremlning bayonotiga ko'ra, telefon orqali bo'lib o'tgan muloqot chog'ida, ikki davlat rahbari Suriyadagi urushni to'xtatish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirish xususida kelishib olgan.

Putin va Ruhoniy Rossiya bilan Turkiya vositasida mamlakat bo'ylab ta'minlangan sulh bitimining ahamiyatiga to'xtalgan.

Ikki davlat rahbari Qozog'istonning poytaxti Astanada amalga oshiriladigan tinchlik muzokaralarining rejalari ustida ham kelishib olgan.

Suriyada 6 yildan buyon davom etib kelayotgan urushda Rossiya va Eron Beshar Asadni qattiq qo'llab quvvatlamoqda.

 

 



Aloqador xabarlar