Rossiyaning urush uchoqlari birinchi marotaba DEASh obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Suriyaning Halab viloyati, al-Bob tumanida Rossiyaning urush uchoqlari birinchi marotaba DEASh obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi.

640844

Turkiyaning rahbarligida 2016-yilning 24-avgusti kuni boshlatilgan Firat qalqoni amaliyoti davom etgan al-Bobning janubidagi DEASh terror tashkiloti obyektlari, chorshanba kuni kechasi Rossiya Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid urush uchoqlari tomonidan nishonga olinib, o’qqa tutildi.

Harbiy manbaalar, Rossiya uchoqlarining Erkin Suriya Armiyasi va Turk qurolli kuchlari yo’q qilmoqchi bo’lgan al-Bob markazidagi DEASh unsurlarini emas, al-Bobning janubida o’rin olgan terror tashkilotiga oid mintaqalarni nishonga olganligini ma’lum qildi.  

Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #urush uchoqlari , #al-Bob

Aloqador xabarlar