Qora dengizga qulab tushgan rus samolyotining ikkinchi qora qutisi topildi

Dengizdan chiqarilgan qora quti tekshirish uchun poytaxt Moskvaga jo’natildi.

639516
Qora dengizga qulab tushgan rus samolyotining ikkinchi qora qutisi topildi

25 dekabr kuni Qora dengizga qulab tushgan rus samolyotining ikkinchi qora qutisi topildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, g’avvoslar halokatga uchragan Tu-154 samolyotining ikkinchi qora qutisini topishga muvaffaq bo’lganlar.

Dengizdan chiqarilgan qora quti tekshirish uchun poytaxt Moskvaga jo’natildi.

Shuningdek, qidiruv faoliyatlarida topilgan 17 ta jasaddan 13 tasi Moskvaga jo’natilgan.

Xozirgacha samolyotning asosiy qora qutisi va taxminan 1500 ta bo’lagi dengizdan chiqarildi.

Moskvadan parvoz qilgan Tu-154 samolyoti Sochida yoqilg’i quygach, Suriyaga tomon parvoz qilgan edi.

Mazkur samolyotda Qizil armiya xor ansambli san’atkorlari bor edi.

Ular Rossiyaning Suriyadagi “Himeymim” harbiy bazasida o’tkaziladigan yangi yil dasturida konsert berish maqsadida Suriyaga jo’natilgan edi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar