Halabda harobaga aylangan uylar rejim askarlari tomonidan talon-taroj qilinmoqda

Rejim askarlari ba’zi mahallalarni o’rab olgan va bombadan tozalash ishlari ketayotganini bahona qilib, qarovsiz uylardagi ashyolarni o’g’irlab ketayotgani aytilmoqda.

639263
Halabda harobaga aylangan uylar rejim askarlari tomonidan talon-taroj qilinmoqda

Suriyaning sharqidagi Deyr Ez Zur shahriga qarashli Al-Suvar hududidagi bir qishloqqa hujum qilindi.

Hujumda 23 kishi halok bo’ldi.

Sur hududidagi mahalliy faollardan Ahmed Hasan ma’lum qilishicha, Rossiya qo’shiniga tegishli jangovar samolyotlar Al-Suvar hududidagi "Al-Ihrijiyye" qishlog’ini portlatgan.

Havo hujumi oqibatida aksariyati ayollar va bolalar bo’lib, jami 23 kishi halok bo’lganini ma’lum qilgan Ahmed Hasan, o’nlab aholi turli jarohatlar olganini aytdi.

Ma’lum bo’lishicha, qishloqda uylar vayron bo’lgan.

Harobalar tagida qolib ketgan qishloq aholisini qutqarish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Shuningdek, Halabning g’arbidagi qishloqlar ham havodan bombardimon qilinmoqda.

Mahalliy faollardan biri Yasir Alining aytishicha, Rossiya va rejimga tegishli jangovar samolyotlar Halab viloyatiga qarashli Etarib tumani bilan Daret Izaa va Daal hududiga bomba tashladi.

Ma’lum bo’lishicha, havo hujumida ko’plab aholi yaralangan.

Aytishlaricha, Halabdan tinch aholi ko’chirilgach, ruslarga tegishli jangovar samolyotlar bilan rejim kuchlari Halabni to’xtovsiz portlatmoqda.

Beshar Asad kuchlari Halabda bo’shatilgan qishloqlarni talon-taroj qilmoqda.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, noyabr oyidan boshlab bo’shatilgan uylarni talon-taroj qilish holatlari kuzatilayotgan edi, bu holat oxirgi oylarda yana ham avj oldi.

Rejim askarlari ba’zi mahallalarni o’rab olgan va bombadan tozalash ishlari ketayotganini bahona qilib, qarovsiz uylardagi ashyolarni o’g’irlab ketayotgani aytilmoqda.

Minglab xonadon bu shaklda talon-taroj qilinar ekan, bu holat xozirda "Seyfud-Devle", "Az-Zibdiyye", "Salahaddin" va "As-Sukkeri" mahallalarida avj olgan.

Hududda Beshar Asad rejimi nazoratida bo’lgan chegara postlari mavjud bo’lib, ushbu postlarda xizmat qilgan rejim askarlari ashyolarini o’zi bilan birga olib ketmoqchi bo’lgan aholidan katta pul talab qilmoqda.

Shu sababli, aholi shaxsiy ashyolarini ham rejim askarlariga topshirishga majbur bo’lmoqdalar.

Eslatma: Rossiya va Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan Halab viloyati markazida sulh bitimi tuzilgan edi.

15 dekabr kuni Halabdan tinch aholi boshqa xavfsiz hududlarga ko’chirila boshlagan edi.

Bu jarayonda taxminan 44 ming aholi va muxoliflar yuzlab avtobuslar vositasida Halabdan ko’chirilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar