Suriyaning Halab shahrida ommaviy mozor topildi

Rossiya Mudofaa vazirligi kotibi Igor Konashenkov: “Halabda vahshiylarcha qatl qilingan insonlarning ommaviy mozori topildi. Ba’zi jasadlar bo’laklarga bo’lingan ahvolda va insonlarning ko’pchiligi bo’shidan otib o’ldirilgan"

638477
Suriyaning Halab shahrida ommaviy mozor topildi

Suriyaning Halab shahrida ommaviy mozor topildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi kotibi Igor Konashenkov: “Halabda vahshiylarcha qatl qilingan insonlarning ommaviy mozori topildi. Ba’zi jasadlar bo’laklarga bo’lingan ahvolda va insonlarning ko’pchiligi bo’shidan otib o’ldirilgan. Ko’rinib turganidek, bu hali boshlanishi…”,-dedi.

Bu dalillarning barchasi terroristlar sodir qilgan eng vahshiy urush jinoyati sifatida qaydga olinganini ma’lum qilgan Igor Konashenkov: “Muxoliflarning London va Parijdagi tarafdorlari muxoliflarning haqiqatdan ham kim ekanini farqiga borishi uchun ushbu ommaviy mozorlar haqida to’liq ma’lumot beramiz”,-dedi.

Uning aytishicha, Halabni anchadan beri nazorat qilib kelgan muxoliflar xalqni ko’chirish jarayonida viloyatdan jo’nab ketar ekan, bombali tuzoqlar va minalarni ko’mib tashlagan.

Suriya Inson huquqlari tashkiloti ma’lum qilishicha, mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko’ra, bombali tuzoqlar natijasida bir hafta ichida 63 ta askar va insonlar nobud bo’lgan.

Qurbonlar orasida hududni minadan tozalash mutahassislari va tashlandiq binolarda aholidan qolgan ashyolarni talon-taroj qilganlar ham bor.

 

 



Aloqador xabarlar