Rossiya Prezidenti Vladimir Putin halok bo'lganlarning yaqinlariga o'z hamdardligini bildirdi

Vladimir Putin fojia qurbonlarining oilalariga chuqur ta’ziya bildirar ekan, ayni paytda ushbu halokat yuzasidan puxta tergov olib borishga va halok bo'lganlarning oilalarini qo'llab-quvvatlashga va’da berdi.

637859
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin halok bo'lganlarning yaqinlariga o'z hamdardligini bildirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tu-154 samolyoti halokati tufayli 26 dekabrni mamlakatda motam kuni deb e’lon qildi.

U "Ertaga Rossiyada umummilliy motam kuni deb e’lon qilinadi", - dey aytgan edi Rossiya telekanaliga bergan bayonotida.

Vladimir Putin fojia qurbonlarining oilalariga chuqur ta’ziya bildirar ekan, ayni paytda ushbu halokat yuzasidan puxta tergov olib borishga va halok bo'lganlarning oilalarini qo'llab-quvvatlashga va’da berdi.

U mazkur halokat yuzasidan davlat komissiyasini tuzish bo’yicha hukumatga buyruq bergan.

Mazkur komissiyani Transport vaziri Maksim Sokolov boshqaradi.

Shuningdek, Vladimir Putin yana bir bor halok bo'lganlarning yaqinlariga o'z hamdardligini bildirdi. 

Vladimir Putin bu haqdagi bayonotini Kollektif Xavfsizlik shartnomasi tashkilotining bugun o’tkazilishi rejalangan Davlat rahbarlari sammiti oldidan Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev bilan Sankt Peterburg shahrida uchrashgan paytda tilga olgan.

Halokat yuzasidan tekshiruv olib borgan rus ekspertlar terakt ehtimoli bilan bir qatorda, fojiaga sabab bo’ladigan har qanday ehtimolni batafsil ko’zdan kechirmoqda.

Ayni paytda, rus xalqi fojiada halok bo’lganlar uchun hurmat bajo keltirmoqda.

Ostankino televideniyesi oldida to’plangan Moskva aholisi shamlarni yoqib, halok bo’lgan 9 ta jurnalistni xotirlamoqda.

Bundan tashqari, dunyoda Qizil Armiya xori sifatida tanilgan Aleksandrov ansambli qarorgohi oldida ham xotira marosimi o’tkazildi.

 



Aloqador xabarlar