Sergey Shoygu, “O’q uzsihni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishiga oz qoldi”.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning gaplariga qaraganda Suriyada, 2011-yildan beri davom etgan ichki urushning to’xtatishga oz qolgandek.

636771
Sergey Shoygu, “O’q uzsihni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishiga oz qoldi”.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, o’q uzsihni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishiga judayam oz qolganligini aytdi.

Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashganidan keyin bayonot bergan Rossiya Mudofaa vaziri, Halabdagi muxolifat guruhni evakuatsiya qilish faoliyatining yakunlanganini eslatib, o’q uzishni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishi uchun ba’zi shartlar mavjudligini aytdi.  

Sergey Shoygu;

“Amaliyot ikki bo’sqichda amalga oshirildi shuningdek, Turkiya va eronlik kasbdoshlarimiz tomonidan yaqindan kuzatildi. Endi esa navbatdagi bo’sqichga o’tilishi kerak. Menimcha biz, o’q uzishni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishi uchun kelishib oladigan nuqtaga yetib kelgandekmiz” dedi.    

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning o’rinbosari Gennady Gatilov esa, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini Suriya boylab kuchga kiritish rejasining, Qozog’iston poytaxti Astanada muhokama qilinajagini aytdi.

Rossiyaning Interfax axborot agentligiga intervyu bergan Gatilov, 2017-yilning yanvar oyining o’rtalarida Turkiya, Eron va Rossiya ishtirokida bo’lib o’tadigan muzokarada eng avvalo “o’q uzishni to’xtatish kelishuvining Suriya boylab kuchga kirishini ta’minlash” masalasining qo’lga olinajagini qayd etdi.    

2016-yilning 20-dekabri kuni Moskvada bo’lib o’tgan muzokarada Turkiya, Eron va Rossiyaning Mudofaa va Tashqi ishlar vazirlari, “Suriyada tinchlikning o’rnashi uchun hissa qo’shishga tayyormiz” degan edi.

Shuningdek Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, o’tgan hafta Yaponiyaga bo’lgan safari chog’ida Astanada bo’lib o’tadigan muzokaraning Jenevadagi uchrashuvlarning davomi sifatida amalga oshajagini ta’kdlab o’tgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar