Suriyadagi o’zaro evakuatsiya qilish faoliyatlari yakunlandi

Halabning sharqidan muxoliflar ham chiqib ketar ekan Halab markazi, batamom, Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan chet ellik terror guruhi nazorati ositga o’tdi.

636334
Suriyadagi o’zaro evakuatsiya qilish faoliyatlari yakunlandi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab quvvatlagan chet ellik terroristlar tomonidan bosib olingan Halabning shariqidan va muxolifat nazorati ostidagi al-Fua va Kefraya aholi punktlaridan o’zaro evakuatsiyalar yakunlandi.

Halabning shariqdan ko’pchiligi qurolli muxolifatni tashigan 5ta avtobus bilan 30 ta mashinadan tashkil topgan oxirgi karvon mana bugun yo’lga chiqdi.

Ramusedagi rejim kuchlari nazorati ostidagi manzildan yo’lga chiqqan qariyb 1000 kishilik karvon, Halabning g’arbida joylashgan muxolifat nazorati ostidagi Rashidin mintaqasiga qarab yo’l oldi.

Halabdan kecha 10 ta avtobus va 420 ta xususiy transportda qariyb 3 ming 500 kishi evakuatsiya qilindi.  

Bunga qarshi Idlibda, muxolifat nazorati ostidagi Fua va Kefreye aholi punktlaridan qariyb 250 kishi Halabning g’arbidagi rejim kuchlari mintaqasiga yetib bordi.

Halabning sharqidan muxoliflar ham chiqib ketar ekan Halab markazi, batamom, Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan chet ellik terror guruhi nazorati ositga o’tdi.

Evakuatsiya qilish faoliyati boshlagan 2016-yilning 15-dekabri kunidan beri Halabdan qariyb 45 ming tinch aholi bilan muxolifat, yuzlab avtobus va minglab yengil avtomobil orqali Halabdan olib chiqildi.

Turkiya bilan Rossiyaning rahbarligida kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish va evakuatsiya qilish faoliyati Halabning sharqidagi jarayon ortidan Damashqda, rejim kuchlari nazorati ostidagi Madaya va Zabadani shaharlarida kuchga kiradi.

Ochlikdan o’damlarning o’layotganligi to’g’risidagi xabarlar bilan kun tartibiga olib chiqilayotgan ikkala mintaqadan 1 ming 500 kishining Idlibga evakuatsiya qilinishi kutilmoqda.

Halabning sharqidan tinch aholi bilan muxolifatni evakuatsiya qilgan birinchi karvon 2016-yilning 15-dekabri kuni yo’lga chiqqan edi.

Mintaqadan olib chiqilgan tinch aholi bilan muxolifat guruh, Turkiya chegarasidagi muxolifat nazorati ostidagi Idlibga olib borilgan edi.

Eronlik general Sayid Javad qo’mondonligidagi rejim kuchlarini qo’llab-quvvatlagan guruhlar, 2016-yilning 15-16-dekabri kunlari Halabning sharqidan yo’lga chiqqan evakuatsiya karvonlariga hujum qilib, 18 nafar tinch aholini o’ldirgan edi.

O’q uzishni to’xtatish va evakuatsiya qilish faoliyati boshlaganidan beri bunga qarshilik ko’rsatib, urush jinoyatga qo’l urgan guruhlar, Fua va Kefreyadan o’ziga qarashlilarning evakuatsiya qilinishi shartini o’rtaga qo’ygan edi.

 

 



Aloqador xabarlar