Yevropa xalqi, Halabdagi qatliomni keskin qoraladi

Suriyaning Halab shahrida yuz bergan qatliomni qoralagan yevropaliklar butun dunyoni halabliklar vaziyatiga befarq qolmaslikga chaqirdi.

630845
Yevropa xalqi, Halabdagi qatliomni keskin qoraladi

Daniya poytaxti Kopengagenda qariyb 7 ming kishi, Suriyaning Halab shahridagi tinch aholini nishonga olgan hujumlarni qoralab, norozichilik namoyishi uyushtirdi.

Parlament binosi ham o’rin olgan Christiansborg Saroyining oldida namoyish uyushtirgan daniyaliklar Bashar al-Asad kuchlari bilan uni qo’llab-quvvatlaganlarni keskin qoraladi.

Ular oldida nutq so’zlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi sobiq rasi Mogens Lykketoft esa butun dunyoni, Halabdagi qatliomga befarq bo’lmaslikga chaqirdi.

Lykketoft ;

“Ha, albatta, Halabning sharqini bosib olishingiz mumkin lekin buni harbiy kuch orqali amalga oshira olmaysiz” dedi.

Daniyaliklar norozichilik namoyishini nafaqat poytaxtda balki, yurtning turli viloyatlarida ham davom ettirdi.

Suriyaning Halab shahrining sharqidagi tinch aholini nishonga olgan hujumlar, Fransiya poytaxti Parijda ham qoralandi.

Ba’zi noqonuniy tashkilotlarning tashabbusi bilan poytaxtdagi Pompidou San’at markazida uyushtirilgan namoyishda, yuzlab kishi ishtirok etdi.

Ishtirok etganlarning bir bo’lagi, hujum oqibatida jon berganlarning xotirasiga bag’ishlab sham chiroq yoqar ekan ba’zilari esa, Bashar al-Asad kuchlari bilan uni qo’llab-quvvatlaganlarning qonli hujumlariga e’tibor qaratish maqsadida qizil rangli ko’ylak kiydi.

Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan davlatlarga qarshi Suriya bayroqlari bilan namoyishda ishtirok etganlar, “Halabni qutqaraylik”, “Halabda, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini kuchga kiritaylik” deb yozilgan plakatlar bilan chiqdilar.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti Fransiya bo’limi raisi o’rinbosari Cecile Coudriou, matbuot anjumanida;

“Halabdagi qatliom oldida qanchalik g’azablanganligimizni ko’rsata olish va Suriyadagi tinch aholini himoya qilish uchun hammamiz bir yoqadan bosh, bir yengdan qo'l chiqarishimiz darkor” dedi.

Ishtirokchilardan fransiyalik yozuvchi Raphael Glucksmann ham, Halab xalqining butun dunyo ko’zi ongida jon berganligini aytdi.

Odam bolasining, kunning 24 soati mobaynida, Halabdagi tinch aholining o’ldirilishiga guvoh bolayotganligini ta’kidlagan Glucksmann;

“Halabdagi voqealar haqiqatdan ham qorqinchli. Nahotki bularning barchasini odam bolasi amalga oshirmoqda” dedi.

Qatliom va genotsidga begona bo’lmagan mamlakat hisoblangan Bosniya va Gertsegovinada ham minglab kishi, Halab xalqini qo’llab-quvvatlash maqsadida miting uyushtirdi.  

Mitingda Bosniya va Gertsegovinadagi barcha din va etnik guruh vakillari ishtirok etdi.

Mitingda so’zga chiqqanlar, kechagina Bosniya va Gertsegovinada yuz bergan qatliomning bugungi kunda Halabning, qolaversa Suriyaning bir necha viloyatida davom etayotganligini eslatdi.

Bosniya va Gertsegovinada yashagan turklar bilan arablar ham ishtirok etgan namoyishni bosniyalik xorvatlar va serblar ham qo’llab-quvvatladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar