Lavrov, “Turkiya bilan kelishib olishlik, AQShga qaraganda osonroq” dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, “Halabdagi muammoning 2-3 kun ichida hal qilinishiga ishonchim komil. Halab masalasida Turkiya bilan kelishib olishlik, Qo’shma Shtatlariga qaraganda yana-da osonroq” dedi.

630554
Lavrov, “Turkiya bilan kelishib olishlik, AQShga qaraganda osonroq” dedi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Halab masalasida Qo’shma Shtatlariga qaraganda Turkiya bilan kelishib olishning yana-da qulay bo’lganligini qayd etdi.  

Rossiya Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Turkiya bilan, Halabga gumanitar yordam yetkazish to’g’risida ham kelishib olinganligini ma’lum qildi.

Lekin kecha oqshom vaqtlarida kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuviga qaramay bugun ertalab takror to’qnashuvlar boshlar ekan bu bilan birga tinch aholini xavfli mintaqadan xavfsiz mintaqaga olib o’tish faoliyatlari ham to’xtab qo’ldi.

Rejim kuchlari o’rin olgan manzildan muxolifat guruh joylashgan mintaqaga artilleriya va zambarak o’qlari otila boshladi.  

Bu vaziyatning qurolli muxolifat kuchlarining qarshilik ko’rsatishidan kelib chiqqanligini eslatgan Lavrov, muammoning 2-3 kun ichida hal qilinishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlashiga qaramay tomonlar bir-birini ayblamoqda.

Muxolifat manbaalariga ko’ra eronlik jangarilar, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi uchun yangi shartlar o’rtaga tashlamoqda.

Ushbu shartlardan biri, muxoliflar nazorati ostidagi Suriyaning Idlib viloyatiga qarashli Fua qishlog’idagi eronlik jangarilarning bir vaqtning o’zida evakuatsiya qilinishidir.

Bashar al-Asad rejimiga yaqin manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Damashq boshqaruvi evakuatsiya qilinadiganlar soniga e’tiroz etgan va ularning ismi yozilgan ro’yhatni talab qilgan.

Halabdagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi, mintaqadan avvalom bor tan jarohati olganlarni, ortidan tinch aholini va qurolli muxolifat kuchlarini xavfsiz ravishda Idlib shahriga ko’chirishni ko’zda tutmoqda.

Kelishuvning ilk soatlarida ularning bir bo’lagi evakuatsiya qilindi.

Oxirgi 24 soat ichida, 6 ming nafar tinch aholining muxolifat nazorati ostidagi mintaqadan ko’chib ketganligini qayd etgan rus manbaalari, 366 muxolifning ham qurol tashlab, Halabni tark etganligini bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar