Halap viloyatida Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan sulh bitimi ta’minlandi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi viloyatdagi muxolif kuchlar bilan Rossiya boshchiligidagi rejim kuchlari o’rtasida sulh bitimi tuzilganini ma’lum qildi.

630174
Halap viloyatida Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan sulh bitimi ta’minlandi

 

Suriyaning to’xtovsiz bombardimon qilingan Halap viloyatida Turkiyaning sa’y-harakatlari bilan sulh bitimi ta’minlandi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi viloyatdagi muxolif kuchlar bilan Rossiya boshchiligidagi rejim kuchlari o’rtasida sulh bitimi tuzilganini ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida, sulh bitimini tuzish va aholini xavfsiz joylarga ko’chirishda Turkiya hukumatining ro’liga e’tibor qaratdi.

Turkiya ushbu qaltis vaziyatni yaqindan kuzatib bormoqda.

Sulh bitimi vositasida avvalo qamal ostida bo’lgan tinch aholi xavfsiz hududlarga, ya’ni Mustaqil Suriya qo’shini nazoratidagi hududlarga ko’chiriladi.

Shu maqsad bilan hududga tinch aholini tashish uchun avtobuslar jo’natildi.

Tomonlar o’rtasidagi kelishuv, ikkinchi bosqichda viloyat markazidagi qurolli muxoliflarning ham xavfsiz hududlarga ko’chirilishini nazarda tutadi.

Ma’lum bo’lishicha, muxolif guruhlarning katta qismi viloyatdan boshqa joylarga ko’chishga rozi bo’lgan.

Kremlning matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, Rossiya va Turkiya Suriya masalasida hamkorlikni davom ettiradi.

Qolaversa, ikki mamlakat Suriyaning tuproq yaxlitligi va siyosiy butunligini saqlab qolish masalasida hamfikr.

“Russia Today” telekanaliga intervyu bergan Peskov ikki mamlakat ham Suriyaning birdamligini va bu mamlakatdagi inqirozni siyosiy yo’llar bilan hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriya masalasi bo’yicha yaqindan maslahatlashgan holda ish olib borganini aytgan Peskov: “Suriya masalasida diplomatlar va harbiylar o’rtasidagi o’zaro ma’lumot almashishni ijobiy davom ettirish biz uchun juda muhim”,-dedi.

Darvoqe, BMT Halapdagi sulh bitimi xususida Turkiya va Rossiyaning sa’y-harakatlarini qo’llab quvvatlaymiz”,-deya fikr bildirdi.

AQSh ham Halapda ta’minlangan sulh bitimi Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi sa’y-harakatlarning natijasi ekanini aytdi.

AQSh kotibligi voizi John Kirby: “Bu Amerikaning emas, Turkiya bilan Rossiyaning g’ayrati”,-dedi.

Amerika Suriyada siyosiy yechim izlanuvini davom ettirganini tilga olgan Kirbyning fikricha, Eron bilan Rossiya rejim kuchlarini qo’llab quvvatlashni to’xtatishi kerak.



Aloqador xabarlar