Suriyaning Halab shahri butunlay Asad kuchlarining nazoratiga o’tdi.

Suriya Inson haqlari kuzatuv uyi bildirishicha,  muxoliflarning  nazoratidagi 6 mahalladan ham chekinganarini ma’lum qildi.

629272
Suriyaning Halab shahri butunlay Asad kuchlarining nazoratiga o’tdi.

Suriyaning Halab shahri butunlay Asad kuchlarining nazoratiga o’tdi.

Suriya Inson haqlari kuzatuv uyi bildirishicha,  muxoliflarning  nazoratidagi 6 mahalladan ham chekinganarini ma’lum qildi.  

Ushbu o’zgarishlarning ortidan, Birlashgan  millatlar tashkiloti (BMT)  bir bayonot tarqatdi.

BMT Suriya maxsus namoyandasi Staffan de Misturaning maxsus maslahatchisi Jan Egeland, Suriya rejimi va Rossiyani, Halabda g’olib bo’lgan militsiya ishlagan barcha jinoyatlardan javobgar dedi.

Lodon Markazli Suriya inson haqlari kuzatuv  uyi ham oxirgi bir oy ichida Halabning muxoliflarning nazoratidagi hududlarga qarata uyushtirilgan hujumlar oqibatida  47 nafari bola bo’lib  415dan ziyod tinch aholi halok bo’lganini izoh etdi.

Yuzlab  kishi ham Rossiyaning va  rejimning havo hujumlaridan yaralanganiga diqqat qaratdi.

Bashshar Asad rejimi va Eron nazoratidagi Shia militsiya kuchlari qo’lga kiritgan dahalarda tinch aholiga qarshi qirg’inga tashabbus qilgan.

Qirg’in sodir bo’lgan hududdagi manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Shia militsiya kuchlar, Halabning sharqiy qismini nazoratga olgan Firdevs va Kellese dahalarida juda ko’p sonda tinch aholi o’ldirildi.

Bir guvohning aytishicha, shia militsiyalar 4 nafar ayol bilan 9 nafar bolani tiriklayin yoqib yuborgan, 67 nafar  odamni  esa  o’qqa tutgan.

BMT Bosh kotib voizi Stephane Dujaeric, qilgan izohida, Bosh kotib Ban Ki Mun, Halabda bola va ayollar ham ichlarida bo’lgan juda ko’p sonda tinch aholi  qatl  etilgan  xabarlar sababli masalani jiddiy ravishda  kuzatib borganini bildirdi.

Ban Halabdagi tinch aholi  borasidagi qayg’ularini aloqali tomonlarga yetkazganini va Suriya maxsus elchisiga mavzuni aloqali  tomonlar oldida ta’qib etish uchun buyuriq  berganini  aytgan Dujarric qilgan izohida

“ BMT sohadagi barcha tomonlarga tinch aholini himoya qilish va xalqaro insoni huquqqa rioya qilish mas’uliyatini eslatmoqda.  Bu xususan Suriya hukumati va ittifoqdoshlarning mas’uliyati. “deb  ma’lum qildi.

Boshqa tomondan Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Davlat kotibligi voizi Jon Kirby, AQSh va Rus rasmiylar  Halabda sulh tuzish uchun uchrashganlarini ma’lum qildi.

Uchrashuvda har qanday bir kelishuvga bora olmaganlarini aytgan Kirby,

“  Umidlarimiz puchga chiqqan vaziyatdamiz Rossiyaning  Halabda sulh tuzishga rozi bo’lmasligiga  hayron qolmadik.” Dedi.

Kirby, Halabda tinch aholi nishon olinishga  davom etganligiga  diqqat qaratib, bu  vaziyat qabul qilinmas deb bildirdi.

Voiz, insonlar mintaqadan tashqari chiqish uchun bombardimonning to’xtatish kerak dedi.

Oq uy Voizi Josh Earnest ham kundalik matbuoti anjumanida, shiddatni to’xtatishga qarata uzoq muddatdir yuritgan muzokaralar Rus va Eronliklar himoya  qilgan Suriya rejimi tomonidan rad etilganini  eslatdi. 

“ Faqatgina Halabda emas Butun Suriyada diplomatik yechim sa’y- harakatiga ochiqmiz  faqat bu borada optimist emasmiz” dedi.

AQSh boshqaruvi Halabda sodir bo’lganlarga tegishli “ chuqur qayg’usini “ davom  ettirganini ma’lum qilgan Earnest, “ Ma’sum  tinch aholi bir muddatdir jiddiy xavf bilan duchor. Vaziyat yana yomonlashib bormoqda, shiddatni kamaytishga va insoni yordamlar oqishini orttirishga qarata sa’y harakatimizga  qaramasdan Ruslar himoya qilgan Asad rejimi, Ma’sum insonlarni qo’rqitish uchun bombardimonini  davom ettirmoqda. Qo’rqinch bir vaziyat va tuzaladiganga  ham o’xshamaydi.”  Deb aytdi.

Halab 2012- yilidan beri fe’lan rejim kuchlari bilan muxoliflar orasida bo’lingan vaziyatda edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halab , #Suriya , #Kuch , #Nazorat , #BMT , #Ogohlantirdi

Aloqador xabarlar