BMT xavfsizlik Kengashi Halabda 7 kun urushni to'xtatish qaror loyihasini rad etdi

Birlashgan millatlar tashkiloti ( BMT) xavfsizlik Kengashida, Suriyaning Halab  shahrida insonparvar yordam yetkazib berish uchun 7 kun tanaffus berishini istagan qaror loyihasi rad etildi.

624717
BMT xavfsizlik Kengashi Halabda 7 kun urushni to'xtatish  qaror loyihasini  rad etdi

Birlashgan millatlar tashkiloti ( BMT) xavfsizlik Kengashida, Suriyaning Halab  shahrida insonparvar yordam yetkazib berish uchun 7 kun tanaffus berishini istagan qaror loyihasi rad etildi.  

Halabda rejim va Rossiyaning shiddatlangan havo hujumida juda ko’p sonda tinch aholining   halok bo’lishi va BMTning Halabni “Oziq-ovqatsiz shahar” e’lon etish tufayli Ispaniya, Misr va Yangi Zelandiya tomonidan  tayyorlanib Kengashga taqdim etilgan qaror loyihasi tasdiq qilindi.

Loyihani Rossiya va Xitoy  veto qilar ekan, veto salohiyati bo’lmagan Venesuela ham rad ovozi berdi. Angolaning tarafsiz qolgan ovoz berish jarayoni 11 o’lka loyihani himoya qildi.

Ushbu veto bilan Rossiya 2011 yilidan beri 6- marotaba, Xitoy esa 5- marotaba Suriya loyihasini veto  etdi.

15- a’zoli kengashda bir loyihaning qabul qilinishi uchun 9 qabul ovoz olishi va doimiy a’zolar, AQSh, Rossiya, Xitoy, Angliya va Fransiyadan  hech biri loyihani veto etmasligi kerak.

Suriya muxolif va inqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi (SMDK) BMT  maxsus namoyandasi Nejib Ghadbian, ovoz berishning ortidan qilgan yozma bayonotida  “ BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada hayotlarning qutqarilishiga istakli bo’lmaganlari juda ham ochiq.” deb muhokama qildi.

Ghadbian, BMT a’zosi o’lkalardan, Halabdagi tinch aholini qutqarish uchun mavzuni 193 a’zolik BMT bosh kengashi olib kelishni kutganlarini  ham ma’lum qildi.

Buning bilan bir qatorda, loyihani veto etgan Rossiya va Xitoyga, g’arblik o’lkalar norozilik ko’rsatdi.

Angliyaning BMT doimiy namoyandasi Matthew Rycroft, ovoz  berishning ortidan qilgan izohida,

“ Rossiya,  5 yil mobaynida 6- marotaba BMT xavfsizlik kengashi Suriyada ma’noli bir qadam tashlashiga to’sqinlik qilgan.” Dedi.

Fransiyaning BMT doimiy  namoyandasi Franchois Delattre ham qilgan izohida, Suriya rejimining  harbiy strategiyasi  bir axloqiy cho’kishda  ekanini ma’lum qilib  butun dunyoning xavfsizligini xavfga soladi deb ifoda etdi.

Rossiyaning BMT doimiy namoyandasi Vitaly Churkin esa kengashga taqdim etilgan loyiha  fitna maqsadli ekanini iddao qildi.

To’qnashuvlarga tanaffus  berish jangchilar tomonidan front va vaziyatlarini kuchaytirish uchun foydalanishini mudofaa qilgan Churkin, shu bois  urushning  yana  ham uzab ketishiga va tinch aholining yana zarar ko’rishiga sabab bo’ladi deb iddao qildi.

Boshqa tomondan,

Kanadaning BMT missiyasidan qilingan izohda, BMT xavfsizlik kengashida muammo yechish borasidagi sa’y- harakatimiz va  umidlarimiz puchga chiqdi dedi. Mavzuni  BMT bosh kengashida uchrashish uchun sa’y- harakat qilishini ham  ma’lum qildi.  

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Xavfsizlik , #kengashi , #Halab , #urush , #To'xtatish , #Rad

Aloqador xabarlar