Rejim kuchlari Halabni yana bombaladi

Oxirgi hujum bilan birga Halabning sharqida 15-noyabrdan beri jon bergan tinch aholi soni 739 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 2 ming 500 nafarga yetdi.

620695
Rejim kuchlari Halabni yana bombaladi

Suriyadagi rejim kuchlarining Halabga qaratilgan oxirgi hujumi 45 kishining umriga zomin bo’ldi. Ular orasida yosh bola va ayollarning ham borligi aniqlandi.

Halabdagi fuqarolar tomonidan tashkil etilgan qo’riqchi guruhi rahbari Ibrohim Abu Leys bergan ma’lumotga ko’ra Bashar al-Asad kuchlariga qarashli artilleriya guruhi, muxolifat nazorati ostidagi Jub al-Kuba mahallasiga qarab yo’l olgan tinch aholini bombalagan.

Leys,

“Hujum oqibatida 45 kishi jon berar ekan, onlab tinch aholi tan jarohati oldi. Jon berganlar orasida yosh bolalar bilan ayollar ham bor. Mintaqa og’ir hujum ostida” dedi.

Oxirgi hujum bilan birga Halabning sharqida 15-noyabrdan beri jon bergan tinch aholi soni 739 nafarga, tan jarohati olganlar soni esa 2 ming 500 nafarga yetdi.

Suriyaning shimolida joylashgan Halab, poytaxt Damashqdan keyingi yurtning ikkinchi yirik shahri hisoblanadi.

 

 



Aloqador xabarlar