Pokiston-Afg’oniston chegarasida joylashgan harbiy baza oldida kuchli portlash ro’y berdi

Bir guruh terroristlar harbiy bazaga kirishga harakat qilgach, xavfsizlik xodimlari bilan terroristlar o’rtasida otishma yuz bergan.

618448
Pokiston-Afg’oniston chegarasida joylashgan harbiy baza oldida kuchli portlash ro’y berdi

 

Pokiston-Afg’oniston chegarasida joylashgan harbiy baza oldida kuchli portlash ro’y berdi.

Bir guruh terroristlar harbiy bazaga kirishga harakat qilgach, xavfsizlik xodimlari bilan terroristlar o’rtasida otishma yuz bergan.

Otishmada 2 ta askar halok bo’lgan, 4 ta terrorist o’ldirilgan.

Pokiston qo’shin kotibligi ma’lum qilishicha, Afg’oniston chegarasi yaqinlaridagi Mohmand qabilasi hududida joylashgan “Galani” harbiy bazasiga kirishga harakat qilgan qurolli xudkush bombachilar to’xtatilgan.

Voqea joyida otishma ro’y bergan va ikki terrorist xavfsizlik xodimlari tomonidan o’ldirilgan.

Qolgan ikkita terrorist yonidagi bombalarni portlatib yuborgan.

Ma’lum bo’lishicha, kuchli portlashda 2 ta askar halok bo’lgan, 14 ta askar yaralangan.

 “Jemaat-ul Ahrar” nomli ekstremist guruhi ushbu terrorchilik harakatini sodir qilganini tan olgan.

“Jemaat-ul Ahrar” 2014 yili Tolibondan alohida ekstremist guruh sifatida ajralib chiqqan.

 Pokistonning shimoli g’arbidagi Mohmand qabila hududi Jemaat-ul Ahrarning asosiy bazasiga aylangan.

 

 



Aloqador xabarlar