AQSh) Vitse- prezidenti Joe Biden, sionist ekanini ma’lum qildi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Vitse- prezidenti Joe Biden, sionist ekanini, buning uchun Yahudiy bo’lish kerak emas deb  ma’lum qildi.

609043
AQSh) Vitse- prezidenti Joe Biden, sionist ekanini ma’lum qildi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Vitse- prezidenti Joe Biden, sionist ekanini, buning uchun Yahudiy bo’lish kerak emas deb  ma’lum qildi.

Biden, Jahon Yahudiy kongressining Nyu yorkdagi yig’ilishida so’zga chiqdi.

AQShning 45- Prezident etib saylangan Donald Trump rahbariyatidagi davrda Isroil bilan aloqalar qanday shaklanishi  borasida to’xtagan Joe Biden,

“  Yangi boshqaruvda, Isroil- Amerika aloqalarida bir o’zgarish kutmayman. Shunday bir niyat bo’lsa hatto, yo’q deb bilaman,  kongress va AQSh xalqi buni amalga oshirishiga  hech qachon  ruxsat  bermaydi” dedi.

Biden, taxmin 400 kishi bo’lgan zaldagi ma’ruzasida alohida,

“Sionistman, sionist bo’lish uchun Yahudiy bo’lish kerak emas” deb ma’lum qildi.

Bidenga  oqshom siyosiy sionizmning asoschisi deb bilingan “ Teheodor Herzl mukofoti” berildi.

Faqat, Isroil manbalari, AQSh bilan aloqalarning kelajagidan Biden qadar umidli emas.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Trumpning Yaqin sharqda olib boradigan siyosatni analiz qilgan mutaxassislar tayyorlagan hisobotda esa,

“ Trump saylov jarayonida tilga olgan ifodalar, Isroil- Falastin to’qnashuvi mavzusida  mantiqli  bir siyosat olib bormas deb  ishora” qilmoqda.

Haaretz gazetasining internet saytida tarqatilgan  bir hisobotda, Isroil- Falastin muammosi Donald Trumning birinchi o’rinda ahamiyat bergan bir masala emas deb ta’kidlamoqdalar:

“Trump Isroil- Falastin masalasi borasida  mantiqli  siyosat olib borishi  kutilmaydi. Bir tomondan Yahudiy turar- joy qurishini himoya qilmoqda   boshqa tomondan  AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddus sharifga olib borish uchun va’da bermoqda. Boshqa tomondan Isroillik va Falastinlik taraflar o’z muammolarini o’zlari yechishlari  kerak deb ifoda  etib tarafsiz qolishini ma’lum qilmoqda. Bir ishbilarmon bo’lgan Trump, Yaqin sharqni sarmoya kiritiladigan yaxshi bir mintaqa sifatida ko’rmaydi”.

 


Tanlangan kalimalar: #Joe Biden , #Sionist , #Ekanini , #Ma'lum , #Yahudiy

Aloqador xabarlar