Xitoyda 5 mln kishining samolyotga chiqishi man qilindi

Ma'lum bo'lishicha, yo’lga qo’yilgan qattiq jazo sistemasi natijasida kreditini to’lamagan 400 mingdan ziyod kishi davlatga bo’lgan qarzlarini to’ladi.

603003
Xitoyda 5 mln kishining samolyotga chiqishi man qilindi

Xitoyda kredit bali past ekani sababli taxminan 5 mln kishining samolyotga, 1.6 mln kishining esa, poyezdga minishi ta’qiqlandi.

Xitoy Kommunist partiyasining rasmiy matbuot organlaridan “Global Times” gazetasining yozishicha, Milliy rivojlanish va islohot kengashi kredit bali past bo’lgan 4.9 mln kishining samolyotga, 1.6 mln kishining esa, poyezd safarlaridan foydalanishini man qildi.

Milliy rivojlanish va islohot kengashi rahbar o’rinbosari Lien Veyliang ma’lum qilishicha, Xitoy har bir ma’muriy shaxsga kredit bali bergan holda, mamlakatning ijtimoiy kredit sistemasini tuzatdi.

Mamlakat miqyosida 37 ta tashkilot ishtirokida ma’lumot almashish platforumi tashkil qilinganini ma’lum qilgan Lien, buning natijasida 640 mlndan ziyod kredit ma’lumoti to’planganini ifoda etdi.

Lienning aytishicha, yo’lga qo’yilgan qattiq jazo sistemasi natijasida kreditini to’lamagan 400 mingdan ziyod kishining davlatga bo’lgan qarzlarini to’laganini tilga oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #kredit , #qarz , #samolyot , #poyezd , #Global Times

Aloqador xabarlar