Hindiston-Pokiston chegarasidagi taranglik davom etmoqda

Mutaxassislar, chegaradagi taranglikning yana-da avj olib, 2 mamlakatni yadroviy urush bosag’asiga olib kelishidan xavotirda.

602182
Hindiston-Pokiston chegarasidagi taranglik davom etmoqda

Hindiston-Pokiston chegarasida yuz bergan otishma oqibatida 14 kishi jon berdi shuningdek, 26 kishi tan jarohati oldi.

Hindiston, Pokiston tomonidan otilgan zambarak to’pi yuzasidan 8 kishining jon berganligini, ko’pchilikning tan jarohati olganligini ma’lum qildi.   

Pokiston ham Hindiston tomonidan uzilgan o’q yuzasidan 6 kishining jon berganligini qayd etdi.

Islomobod, hujumga qarshi Hindiston elchiligi ko’z ongida norozichilik namoyishi o'tkazdi.  

Hindiston bilan Pokiston o’rtasidagi chegara muammosi, sentabr oyida Hindistonga sizib kirgan pokistonlik bir guruhning 19 nafar hindistonlik askarni o’ldirishi ortidan avj olgan edi.

Mutaxassislar, chegarada yuz bergan bu voqeaning yana-da avj olib, 2 mamlakatni yadroviy urush bosag’asiga olib kelishidan xavotirda.  

 



Aloqador xabarlar