Vyetnam janubida reabilitatsiya markazidan qochgan 230 giyohvand qidirilmoqda

Vyetnamda taxminan 200000 insonning giyohvand moddaga berilib ketgani taxmin qilinadi.

595968
Vyetnam janubida reabilitatsiya markazidan qochgan 230 giyohvand qidirilmoqda

Vyetnam janubida bir reabilitatsiya markazidan qochishga muvaffaq bo’lgan 230 giyohvand qidirilmoqda.

Mamlakatning Dong Nai shtatida Mehnat va ijtimoiy ishlar boshqarmasi direktor o’rinbosari Ho Van Loc ma’lum qilishicha, kecha yakshanba kuni giyohvand modda iste’mol qiluvchilar davolanadigan reabilitatsiya markazidan 562 nafar giyohvand qochib ketgan.

Uning aytishicha, politsiya xodimlari 332 giyohvandni qo’lga tushirishga muvaffaq bo’lgan, qolgan 230 nafari esa, qidirilmoqda.

Dong Nai shtatida joylashgan reabilitatsiya markazi 1481 kishiga xizmat beradi.

Vyetnamda taxminan 200000 inson giyohvand moddaga berilib ketgani taxmin qilinadi.

 

 



Aloqador xabarlar