Liviya qurolli kuchlari Sirt shahrini terroristlardan qutqaray deb qoldi

Liviya qurolli kuchlari shaharning yirik qismini qo’lga kiritgan vaziyatda. Hozirda esa DEASh terror tashkiloti qo’lida faqatgina bitta mahallagina qoldi.

595290
Liviya qurolli kuchlari Sirt shahrini terroristlardan qutqaray deb qoldi

Liviya qurolli kuchlari, koalitsiya kuchlari yordamida DEASh terror tashkiloti qo’lidagi Sirt shahrini olay deb qoldi.

Amaliyotni Amerika Qo’shma Shtatlari havo hujumi orqali qo’llab-quvvatlamoqda.

Liviya qurolli kuchlari shaharning yirik qismini qo’lga kiritgan vaziyatda. Hozirda esa DEASh terror tashkiloti qo’lida faqatgina bitta mahallagina qoldi.

Amaliyot chog’ida DEASh terror tashkiloti qo’lidan 13 kishi qutqarildi. Qutqarilganlardan birining esa turk millatiga mansub ekanligi aniqlandi. Ulardan 11 nafari esa eritreyalik ayollar.

Qutqarilgan kishilarning bugungacha DEASh terror tashkiloti qo’lida garovda tutilgani tahmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar