Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiya, Amerika va Iroq aloqalariga to'xtalib o'tdi

Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiya, Amerika va Iroq o'rtasida, taranglikni bartaraf qilish uchun bir tuzum o'rnatilishini izohladi.

594773
Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiya, Amerika va Iroq aloqalariga to'xtalib o'tdi

Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik, Turkiya, Amerika va Iroq o'rtasida, taranglikni bartaraf qilish uchun bir tuzum o'rnatilishini izohladi.

TRT Xabar mehmoni bo'lgan Ishik, Aqsh mudofaa vaziri Ashton Cartherning Turkiya ziyoratiga to'xtalib o'tdi.

Musul operatsiyasida Turkiyaning ishtirok etishiga bir to'siq bo'lmaganini ifoda etib, "Turkiyaning kelajakda yana ko'proq dastak berishini bildirdik. Shuningdek Iroq, Turkiya va Aqsh bilan taranglikni kamaytirish kirishuvi boshlatish qarori berdik. Yani Musul operatsiyalarini birga yuritamiz" dedi.

Firki Ishik, Musul operatsiyalarini havodan dastaklagan Turkiyaning avfzaliklarini ham aytib; "Bizning strategiyamiz, chegara xavfsizligini o'rnatishdir. Ikkinchisi Daishni bartaraf qilish, uchinchisi esa Turkiyadagi ko'chmanchilarning endi o'z vatanlarida xavfsiz qaytishlari uchun chora-tadbirlar olishdir" dedi.

Musul operatsiyasining yomon ketishi yangi ko'ch oqimini boshlatishini ifoda etgan Ishik, buning nafaqat Turkiyani Yevropani ham ta'siriga olishiga diqqat qaratdi.

PYGning kantonlarni birlashtirish tushunchalariga Turkiyaning ruxsat bermasligiga to'xtalib o'tgan Ishik, "Bu Turkiya uchun nozuk mavzu" dedi.

Musulni terror tashkiloti Daishdan tozlash uchun, Iroq qo'shini, Pashmarga kuchlari va ko'pchiligi Bashika lagerlarida Turk harbiylari ta'lim bergan Ninova Mujoxitlari, 17 Oktyabr kuni operatsiya boshlatgan edi.



Aloqador xabarlar