Belgiyaning poytaxti Brusselda Yevropa Ittifoqi liderlari to'plandi

Yig'ilishda Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan bo’lgan munosabatlari va Rossiya hukumatining Suriya, Ukraina va Bolqonlarda o’ynagan ro’li ko’zdan kechirildi.

594207
Belgiyaning poytaxti Brusselda Yevropa Ittifoqi liderlari to'plandi

Belgiyaning poytaxti Brusselda Yevropa Ittifoqi liderlari sammitining birinchi yig’ilishi o’z nihoyasiga yetdi.

Yig’ilishda avvalo chegara xavfsizligi va Afrika davlatlari bilan tuziladigan shartnomalar hamda qochqinlar masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, liderlar sharafiga berilgan kechki ziyofatda Rossiyaning siyosati muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan bo’lgan munosabatlari va Rossiya hukumatining Suriya, Ukraina va Bolqonlarda o’ynagan ro’li ko’zdan kechirildi.

Ma’lum bo’lgani kabi, yig’ilishda tayyorlangan yakuniy bildiruvda Rossiyaning Suriyadagi jangovar harakati qoralandi.

Bunga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi liderlari Italiyaning e’tirozi sababli, Rossiyaga hech qanday sanksiya qarori olmadi.

“Mavjud jangovar harakat davom etgan taqdirda, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan chora ko’rish yo’llarini izlaydi”, deyilishiga qaramay, matnda sanksiya kalimasiga o’rin berilmadi.

Bundan oldin matbuotda tarqatilgan bildiruv eskizida o’rin olgan “Beshar Asad bilan yaqin aloqasi bo’lgan rus shirkatlari va shaxslarga nisbatan sanksiya tahdidi” iborasi yakuniy bildiruv matnidan chiqarildi.

Bu vaziyat Rossiya bilan yaxshi aloqalarga ega bo’lgan Italiyaning sanksiyalarga qarshi chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk matbuot anjumanida Rossiyani tanqid qilib: “Liderlar Rossiyaning boshqa davlatlarning havo maydonini oyoq osti qilgani, kiber hujumlarda qo’li borligi, Yevropa Ittifoqidagi siyosiy jarayonlarga aralashuvi va ruslarning boshqa millatlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatiga to’xtaldi. Bularning barchasi Rossiya strategiyasining Yevropa Ittifoqini kuchsizlashtirishga mo’ljallanganini oshkora ko’rsatadi”,-dedi.

Rossiyaga sanksiya berilishiga e’tiroz bildirgan Italiya Bosh vaziri Matteo Renzining fikricha, iqtisodiy sanksiyalar Rossiya hukumatini tinchlik bitimini imzolamasligiga olib keladi.

“Suriyada tinchlik o’rnatish uchun bor kuchimiz bilan g’ayrat ko’rsatishimiz kerak, lekin Rossiyaga sanksiya berish bilan buni amalga oshirib bo’lmaydi”,-deydi Italiya Bosh vaziri Matteo Renzi.



Aloqador xabarlar