Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti davom etmoqda

Hozircha, Iroq xavfsizlik kuchlari shaharning janubidagi al-Kayyare tumaniga qarashli ikkita qishloqning DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligini ma’lum qildi.

591860
Mosulni DEASh terror tashkilotidan qutqarish amaliyoti davom etmoqda

Iroq xavfsizlik kuchlari shaharning janubidagi  al-Kayyare tumaniga qarashli ikkita qishloqning DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligini ma’lum qildi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi, Iroq harbiylarining Mosul amaliyotida ilk kundan e’tiboran muvaffaqiyatli ilgarilaganligini bildirdi.  

Mudofaa vazirligi voizi Piter Kuk amaliyotda, oldingi qatorda Iroq harbiylari bilan peshmerga kuchlarining kurashganligini, AQSh kuchlarining esa ortdan qo’llab-quvvatlab borganligini ifodaladi.  

Piter Kuk, Turk askarlarining Mosul amaliyotida ishtirok etib etmasligiga ham to’xtalar ekan bu masalaning Turkiya va Iroq o’rtasida hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.   

Oq Saroy voizi Josh Earnest ham kundalik uyushtirilgan matbuot anjumanida, Mosul amaliyotining qachon natijalanishi haqida hech qanday vaqt belgilanmaganligiga e’tibor qaratib, amaliyotning hozircha davom etajagini bildirdi.

Shuningdek, DEASh terror tashkilotining, shaharni qo’ldan boy bermaslik uchun hech ikkilanmay, gunohsiz insonlarning hayotini tahlikaga otishidan xavotirda ekanliklarini qayd etdi.

Amerika kuchlarining amaliyotda yetakchilik qilmaganligini ham ifodalagan Earnest, “Kurashish uchun ular quroll-yaroq bilan ta’minlandi lekin ularning amaliyotdagi roli iroqlik xavfsizlik kuchlariga maslahat berish va yordam ko’rsatish” deya gapirdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Tashqi ishlar vazirligi voizi Mark Toner ham Iroqda xalq tomonidan saylangan hukumatning borligini va Mosul amaliyotida Amerika kuchlarining, iroqlik kuchlarga faqatgina ta’lim va maslahat berganligini ma’lum qildi.  

AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsion qo’mondonlaridan general-leytenant Stephen Townsend ham, Mosulni DEASh terror tashkilotidan qaytarib olish amaliyotining bir necha hafta va hatto oylab davom etishi mumkinligini aytdi.

Townsend,

"Bu kurash yana davom etadigandek lekin iroqliklar buning uchun tayyorgarlik ko’rdilar va biz ham koalitsion sifatida ularning yonidamiz” dedi.

Shu bilan birga Fransiya Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi urush uchoqlarining, Mosulning janubidagi portlaguvchi modda omborxonasini yo’q qilganligini bildirdi.

Shuningdek, Fransiya urush uchoqlaridan 4 tasining Iordaniyadagi havo bazasidan, 3 tasining esa O'rta Yer dengizidagi Charles de Gaulle urush kemasidan parvoz qilganligini qayd etildi.

Shu bilan birga Mosulni qutqarishga qaratilgan amaliyot haqida 25-oktabr kuni Parijda, xalqaro yig’ilish bo’lib o’tadi.

Fransiya Mudofaa vazirligi tomonidan uyushtiriladigan ushbu yig’ilishda, 12 mamlakatning Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

Yig’ilishda mushtarak amaliyotdagi oxirgi vaziyat baholanadi.

 


 

 

 



Aloqador xabarlar