Xitoy va Rossiya Davlat rahbarlari BRIKS sammiti doirasida uchrashdi

Xitoy Davlat rahbari Si Tszinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni Xitoy bilan Rossiya o'rtasidagi keng ko’lamli strategik hamkorlik talablariga to’la rioya qilishga chaqirdi.

590489
Xitoy va Rossiya Davlat rahbarlari BRIKS sammiti doirasida uchrashdi

Xitoy Davlat rahbari Si Tszinpin Hindistonning Goa shahrida bo'lib o'tayotgan BRIKS sammitiga qatnashdi.

Si Tszinpin sammit doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Xitoy bilan Rossiya rivojlanayotgan davlatlarning manfaatlarini himoya qilish uchun yana ham ma’qul xalqaro tartib o’rnatishga jalb qilishi kerakligini aytgan Xitoy Davlat rahbari, Putinni Xitoy bilan Rossiya o'rtasidagi keng ko’lamli strategik hamkorlik talablariga to’la rioya qilishga chaqirdi.

Uchrashuv chog’ida, ikki davlat rahbari mintaqaviy va global manfaatlar xususida fikr almashdi.

Shuningdek, shimoli sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorni mustahkamlashtirish uchun yaqindan hamkorlik qilish va koordinatsiyani ta’minlash xususida kelishib olindi.

Xitoy Davlat rahbari Si Tszinpin sammit doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Janubiy Afrika Davlat rahbari Jakob Zuma bilan ham uchrashdi.

Eslatma: Xitoy kelgusi yil 9-BRIKS sammitiga mezbonlik qiladi.

BRIKS besh mamlakatdan tashkil topgan bir guruh bo’lib, bunda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika davlatlari o’rin olgan.

 

 



Aloqador xabarlar