Shveysariya hukumati ilk marta suriyalik qochqinlarga boshpana berdi

Shveysariya xabar agentligi SDA ma’lum qilishicha, hukumat hozirda Yunonistonda bo’lgan va uzoq yillardan beri urush hukm surgan hududlardan kelgan suriyalik 30 qochqinni qabul qildi.

582734
Shveysariya hukumati ilk marta suriyalik qochqinlarga boshpana berdi

Shveysariya hukumati ilk marta suriyalik 30 nafar qochqinni qabul qildi.

Shveysariya xabar agentligi SDA ma’lum qilishicha, hukumat hozirda Yunonistonda bo’lgan va uzoq yillardan beri urush hukm surgan hududlardan kelgan suriyalik 30 qochqinni qabul qildi.

Mamlakatning ko’chmanchilardan mas’ul davlat kotibligi xodimi Giery Cavelty ham buni tasdiqladi.

Uning aytishicha, Yunonistondagi qochqinlarni qabul qilish jarayoni Yevropa Ittifoqining qochqinlarni uchinchi davlatga joylashtirish xarajatlarini to’lashga rozi bo’lmagani sababli kechikkan.

Shu sababli, xarajatlar Shveysariya hukumati tomonidan to’langan.

Ma’lum bo’lishicha, qochqinlar Shveysariyada standart qochqinlar qonuniga amal qilishi ta’minlanadi.

Eslatma: Shveysariya hukumati 2015 yili Suriyada qizg’in urush ketayotgan hududlardan 3000 qochqinni qabul qilishini ma’lum qilgan edi.

BMT Qochqinlar Oliy komissariyati kotiblaridan Villiam Spindler ham o’tgan yili Yevropa Ittifoqi bilan a’zo davlatlar o’rtasida mavzuga doir shartnoma tuzilganini eslatdi.

Lekin, Yunoniston va Italiyadagi qochqinlarni boshqa Yevropa davlatlariga joylashtirish rejasining faqatgina 3%igina amalga oshirildi xalos.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar