John Kerry,  Rossiyani mas'uliyatsiz va noto'g'ri qarorlar berish bilan aybladi

Aqsh davlat kotibi John Kerry,  Rossiyani Esad rejimini qo'llab-quvvatlagan mas'uliyatsiz va noto'g'ri qarorlar berish bilan aybladi.

582793
John Kerry,  Rossiyani mas'uliyatsiz va noto'g'ri qarorlar berish bilan aybladi

Amerka qo'shma shtatlari (Aqsh) davlat kotibi John Kerry,  Rossiyani Esad rejimini qo'llab-quvvatlagan mas'uliyatsiz va noto'g'ri qarorlar berish bilan aybladi.

Belgiyaning poytaxti Brusselda so'zlagan Kerry, Suriyada sulh bitimi tuzish uchun Rossiya bilan olib borgan uchrashuvlar, to'xtatilgach muhim bayonotlar berdi.

Kerry, Moskva boshqaruvi bilan uchrashuvlar to'xtaganiga qaramay, Suriyadagi to'qnashuvlarni to'xtatish uchun g'ayrat qilishga davom etganliklariga diqqat qaratdi.

Suriya xalqini tashlab qo'ymaganliklarini, tinchlik o'rnatishdan voz kechmasliklarini ifoda etgan Kerry, Rossiyaning, Esadning xlorin gazi va baril bombalari bilan uyushtirgan hujumlariga ko'z yumganini ifoda etdi.

Aqsh va Rossiya, bir-birini, Suriyadagi to'qnashuvlarni to'xtatish va qurshovdagi hududlarga yordam yetkazish mavzusida bergan va'dasiga turmaslikka ayblab, tuzilgan sulh bitimi to'xtatilganini ma'lum qilgan edi.



Aloqador xabarlar