Germaniyada jome hujumlari kun tartibida

Germaniya Prezidenti jome hujumi tufayli uzr so'radi.

583067
Germaniyada jome hujumlari kun tartibida

Germaniyada Dresden diniy Ishlari Turk Islom Birligi Fatih jomesidagi diniy xodimi Hamza Turan, o'tgan hafta jomega uyushtirilgan hujum bilan aloqali o'zi va oilasi bilan ko'rishgan Prezident Joachim Guackning voqea tufayli xafagarchiligini tilga olgani va uzr so'raganini izohladi.

Turan, Dresdenda ikkiga bo'lingan Germaniyaning birlashishining 26. yilligini nishonlashda, Prezident Gauck va bosh vazir Angela Merkel bilan oila bo'ylab ko'rishganliklarini eslatdi.

Turan; "Prezident bizga, 'Xafamiz, uzr so'rayman. Sizni qo'rishlay olmadik. Buni kuzatib boramiz' dedi. Biz ham o'zlarida tashakkur ettik" deb ifoda etdi.

Mavzuni shaxsiylashtirmasdan, jomelarni qo'rishlash kerakligini Merkelga tushuntirganini ifoda etgan Turan; "Bosh vazir Merkelga, 'bir kishning qilmishidan, jamiyatni mas'ul deb bo'lmaydi' dedi. 'Hech kim, boshqasining aybidan mas'ul emas' ma'nosiga kelgan oyati sharifni o'qidim. 'Qur'onda yozilgani kabi yer yuzi hamma uchun teng yaratilgan, Allohning borligiga, birligiga kelaylik' dedi. O'zi ham juda chiroyli gapirganimni aytdi" deb so'zladi.

Turan, shuningdek viloyatdagi xavfsizlik tashkilotining jomeni qo'riqlashi uchun politsiya guruhini vazifalantirganini ham bildirdi.

Dresdenda 26-Sentyabr kuni sodir etilgan hujumda, xavfsizlik kameralaridagi tasfirlarda kimligi noaniq bir kishi, Hamza Turan va oilasi yashagan uyning eshigiga qo'lyasar portlovchi qo'ygan va ortidan ototsikliga minib ketgan edi. Shiddatli portlovdan keyin yaralangan yo'q, lekin zarar bor.



Aloqador xabarlar