Afg’onistondagi prtlash oqibatida 7 kishi halok bo’ldi

"Anadolu" axborot agentligiga intervyu bergan O’mer Zuvak bombaning, Tolibon tomonidan joylashtirib qo’yilganligini iddio qilmoqda.

581199
Afg’onistondagi prtlash oqibatida 7 kishi halok bo’ldi

Afg’onistonning janubidagi Gilmand viloyatining ma’muriy markazi bo’lgan Lashkargoh shahrida bombali hujum uyushtirildi. Hujum oqibatida 7 nafar tinch aholi halok bo’ldi.

Gilmand shahar hokimi voizi O’mer Zuvakning aytishicha, Gilmand viloyatining ma’muriy markazi bo’lgan Lashkargoh shahri yaqinlaridagi Bolan mintaqasida, yo’l chetiga joylashtirib qo’yilgan bomba, tinch aholini o’z ichiga olgan mashinaning o’tar chog’ida portlatib yuborilgan.

Portlash oqibatida 7 kishi jon berar ekan 2 kishi tan jarohati olgan. O’mer Zuvakning “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusiga ko’ra jon berganlardan 4 nafari yosh bolalardan iborat.

Zuvak, bombaning Tolibon tomonidan joylashtirib qo’yilganligini iddio qildi.

Tolibon esa, hali hanuz hech qanday bayonot bergani yo’q.



Aloqador xabarlar