Obama bilan Mersel Suriya rejimi ve Rossiyaning hujumlarini qoraladi

Amerika qo'shma shtatlari (Aqsh) Prezidenti Barak Obama va Germaniya bosh vaziri Angele Merkel, Rossiya bilan Suriya  rejimining Halabdagi ayovsiz hujumlarini nafrat bilan qoraladi.

579856
Obama bilan Mersel Suriya rejimi ve Rossiyaning hujumlarini qoraladi
putin-merkel.jpg

Amerika qo'shma shtatlari (Aqsh) Prezidenti Barak Obama va Germaniya bosh vaziri Angela Merkel, Rossiya bilan Suriya rejimining Halabdagi ayovsiz hujumlarini nafrat bilan qoraladi.

Oq Uydan berilgan yozma bayonotda, Obama bilan Merkelning, Suriyadagi so'ngi o'zgarishlar va Ukrarinadagi mavjud vaziyatni telefon orqali muhokama qilgani bildirildi.

Uchrashuvda, Obama bilan Merkelning, "Rossiya va Suriya rejimining, yarmi voyaga yetmaganlar yashagan Halabdagi ayovsiz hujumini nafrat bilan qoralagani" ifoda etildi.

Bayonotda, liderlarning, Suriyadagi  "To'qnashuvlarni to'xtatish" va "Qamrab olingan hududlarga Birlashgan millatlarning gumanitar yordamlarini yetkazish uchun "Rossiya va Suriya rejimining asosiy mas'uliyati borligi mavzusida hamfikir ekanliklari takidlandi.

Baynotda shuningdek, Obamaning, Ukraina bilan aloqali 2014 yilgi Minsk kelishuvini keng ko'lamli hayotga tatbiq etish uchun Germaniya va Fransiya boshchilik qilgan, "Rossiya va Ukraina ham bo'lgan" Normandiya guruhi mavjud say-harakatlarni qo'llab-quvvatlaganini ma'lum qildi.

Har ikki liderning ham, Ukrainada tuzilgan sulh bitimini davom etshiga tomonlarni hurmat ko'rsatishga chaqirgan baynotda, to'qnashuvlar bo'lgan hududlarga xalqaro kuzatuvchilarni yuborishning ahamiyatiga ham diqqat qaratilgan.

Germaniya bosh vazir Merkel, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina va Suriya masalalarini muhokama qilgan telefon uchrashuvi o'tkazdi.

Kreml matbuot markazidan berilgan baynotga ko'ra, Putin va Merkel, Ukrainaning sharqidagi so'ngi vaziyat va Minsk kelishuvi doirasida davom etgan jarayonni muhokama qilib, mavzuga doir farqli tarixlarda uchrashuvlar uchun kun belgiladi.

Bayonotda, telefon uchrashuvida fikir almashgan ikki liderning, bu o'lkada to'qnashuvlarni to'xtatish ushun xalqaro jamoatchilikning mushtarak g'ayrat qilishi kerakligiga to'xtalib o'tgani bildirilmoqda.

Shuningdek, Putin, Aqshning Suriyada "Ijobiy muxolifatni" terrorist guruhlarni ajratishning ahamiyatiga ham diqqat qaratdi.

 



Aloqador xabarlar