Isroil Oliy sudi Ehud Olmertning amnistiyaga murojaatini qabul qilmadi

Isroilning sobiq bosh vaziri Ehud Olmert Quddus hokimi lavozimida xizmat qilgan paytlarda "Holyland Park" ko'chmas mulk loyihasida pora olganlikda ayblanmoqda.

579688
Isroil Oliy sudi Ehud Olmertning amnistiyaga murojaatini qabul qilmadi

Isroil Oliy sudi qonunbuzarlikka yo'l qo'yganlikda ayblanib qamoqqa olingan sobiq bosh vazir Ehud Olmertning amnistiyaga murojaatini qabul qilmadi.

Isroil davlat radiosi ma'lum qilishicha, sud bundan tashqari, mavjud 19 oylik qamoq jazosiga yana 8 oy qo'shib berdi.

Oliy sud mamlakatdagi eng oliy huquqiy maqom bo'lgani uchun Olmertning 2 yil 3 oylik qamoq jazosi hukmi tasdiqlandi.

Ehud Olmert dastlab qonunbuzarlikka yo'l qo'yganlikda ayblanib 19 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi va fevral oyida qamoqxonaga jo'natilgan edi.

Sobiq bosh vazir Olmert Quddus hokimi lavozimida xizmat qilgan paytlarda "Holyland Park" ko'chmas mulk loyihasida pora olganlikda ayblangan edi.

 

 



Aloqador xabarlar