Rossiya Suriya masalasi bo'yicha Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi...

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya bilan Suriya masalasi bo’yicha hamkorlikda ish olib borilishini ma’lum qildi.

579541
Rossiya Suriya masalasi bo'yicha Turkiya bilan hamkorlik qilmoqchi...

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya bilan Suriya masalasi bo’yicha hamkorlikda ish olib borilishini ma’lum qildi.

Sergey Lavrov bu haqda poytaxt Moskvada bayonot bergan.

Lavrov Suriya xususida Turkiya bilan olib borilgan hamkorlik faoliyatlari ijobiy natija berganini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi kotibi Maria Zaharova ham Sergey Lavrov bilan bu mavzuda hamfikr ekanini bildirdi.

Zaharovaning aytishicha, Turkiya bilan Suriya masalasi bo’yicha hamkorlik faoliyatlarida ijobiy natija kuzatildi. Shu sababli mushtarak faoliyat olib borish mumkin.

Zaharova: “Suriya masalasidagi havotirimizni va kelisha olmagan xususlarni ko’zdan kechiryabmiz. Turkiyaning sa’y-harakatlarini yaqindan kuzatib boryabmiz. Bu yerda shubhaga hojat yo’q”,-dedi.

Amerikaning “Rossiya bilan Suriya xususida muzokaralarni to’xtatishimiz mumkin” degan izohidan so’ng, Rossiyaning bunday bayonot bergani diqqatga sazovordir.

Eslatma: AQSh Halapdagi hujumlarni to’xtatmagan taqdirda, barcha muzokaralarni to’xtatish bo’yicha Rossiya hukumatini ogohlantirgan edi.

Rossiya hukumati esa, bu tahdidni qabul qilmasligini ma’lum qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar