AQSh Prezidenti Barack Obama CNN telekanalida siyosiy ko’rsatuv mehmoni...

Obama Amerika qo’shinidan bir qator vakillar ishtirok etgan ko’rsatuvda, Amerika tashqi siyosati va xavfsizlik masalalari bilan bog’liq savollarga javob berdi.

579278
AQSh Prezidenti Barack Obama CNN telekanalida siyosiy ko’rsatuv mehmoni...

AQSh Prezidenti Barack Obama CNN telekanalida siyosiy ko’rsatuv mehmoni bo’ldi.

Obama Amerika qo’shinidan bir qator vakillar ishtirok etgan ko’rsatuvda, Amerika tashqi siyosati va xavfsizlik masalalari bilan bog’liq savollarga javob berdi.

Obamaning fikricha, DAISh va Al-Qoida kabi terror tashkilotlari islom dinini o’z maqsadlari yo’lida suiste’mol qilmoqda.

Suriya inqiroziga to’xtalgan Obama: “Amerika askarlarining xavfsizligini saqlash asosiy vazifamizdir”,-dedi.

“Butun dunyoda urush, notinchlik yuzaga kelmoqda. Bularni ko’zdan kechirar ekanmiz, Amerika askarlarini notinch mintaqalarga jo’natish bizga qanday natija olib keladi, buni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak”,-deydi Barack Obama.

Obamaning fikricha, bu jarayondagi muammo Beshar Asad rejimini Rossiya va Eronning qo’llab quvvatlashidir.

Obama:“Ular bizga to’gridan xavf solmagan taqdirda, bu jarayonga aralashishimiz xalqaro huquqni poymol qilish demakdir yoki ishg’ol qilgandek bo’lib ko’rinadi. Rossiya va Eron aralashgan muhitda, buni amalga oshirish imkonsiz”,-dedi.

Obama ko’rsatuvda "Nima uchun "islomiy terrorizm” degan tushunchani hech tilga olmaysiz?”,-degan savolga “Bu uydirmadan iborat”,-deb javob berdi.

AQSh Prezidenti Barack Obama 11 sentyabr qurbonlarining oilalari Saudiya Arabistoni hukumatini sudga berishiga imkon yaratgan “Terrorizmning homiylariga nisbatan adolat qonuni”ni veto qilganiga qaramay, ikkinchi marta AQSh kongressida qabul qilinganiga to’xtaldi.

“Kongressning 11 sentyabr voqealariga doir qonun taklifini tasdiqlash katta xato edi”,-deya ta’kidlagan Obama bu yo’l bilan dunyoning bir qator mamlakatlaridagi Amerika vakillarining vazifalari xavf ostiga qo’yilganini anglatdi.

 

 



Aloqador xabarlar