Janubiy Koreyada harbiy vertolyot qulab tushdi

Fojianing kelib chiqish sabablari tekshirilar ekan, vertolyot ichida bo’lgan uch harbiy qidirilmoqda.

577914
Janubiy Koreyada harbiy vertolyot qulab tushdi

Janubiy Koreyada harbiy vertolyot qulab tushdi.

Fojianing kelib chiqish sabablari tekshirilar ekan, vertolyot ichida bo’lgan uch harbiy qidirilmoqda.

“Janubiy Koreya dengiz kuchlariga tegishli vertolyot Amerika Qo’shma Shtatlari bilan hamkorlikda olib borilgan mushtarak harbiy tadbiqot paytida, Yangyang hududiga 52 km uzoqlikda dengizga qulab tushgan”,-deya ma’lum qiladi Janubiy Koreyaning Yonhap rasmiy xabar agentligi.

Tegishli vakillar ma’lum qilishicha, “Lynx” harbiy vertolyoti tadbiqot paytida “Aegis” jangovar kemasidan uchgandan 8 daqiqa o’tgach, yordam uchun signal bergan va radardan g’oyib bo’lgan.

Fojiadan so’ng, tadbiqotga qatnashgan “Lynx” modelidagi jami 20 ta vertolyotning tadbiqotga qatnashishi man qilinib, bazaga keltirildi.

 

 



Aloqador xabarlar