Germaniyada jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Bundan 3 kun avval ham Germaniyada, Din ishlari bo’yicha Turk-Islom ittifoqiga qarashli “Mimar Sinan” nomidagi jome’ masjidini ham o’z ichiga olgan Turk-Islom Madaniyat assotsiatsiyasiga molotov kokteyli otilib, binoga katta ziyon yetkazilgan edi.

577768
Germaniyada jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi

Germaniyaning Dresden shahrida, Din ishlari bo’yicha Turk-Islom ittifoqiga qarashli “Fatih” nomidagi jome’ masjidiga qarshi hujum uyushtirildi.  

Mahalliy vaqt bilam soat 22:00 da jome’ masjidida katta portlash yuz berdi.

Voqeani kameralar orqali tekshirish ishlari yuritilar ekan kameradan aniqlanishicha imomning uyi oldiga noma’lum bir shaxs tomonidan gaz shishasiga o’xshash bir narsalar tashlangan va ortidan portlash ro’y bergan.

Portlash ortidan kelib chiqqan yong’in koshnilar tomonidan o’chirilar ekan voqea chog’ida tan jarohati olganlarning yo’qligi aniqlandi.

Voqea haqidagi ma’lumotni olishi ortidan tezlik bilan Dresdendan 200 km uzoqlikdagi poytaxt Berlindan voqea joyiga yetib kelgan bosh konsul Ahmet Bashar Shen, Germaniya rahbariyatidan voqeaning har jihatdan ko’rib chiqilishini, tergov ishlari yuritilishini talab qildi.

Hujumni qoralagan Shen, javobgarlarning tezlik bilan topilishini umid qilganligini, bu masalani jiddiy ravishda kuzatib borajaklarini o’z so’ziga ilova etdi.

Govohlar esa politsiya xodimlariga, bir kishining portlashdan keyin mototsikl bilan mintaqadan uzoqlashganligi haqida aytdilar.

Jome masjididagi voqea ortidan ko’p o’tmay shahardagi Xalqaro Kongress markazida ham portlash yuz berdi. Ushbu voqea yuz bergan joydan ham qo’lda yasalgan portlaguvchi modda bo’lakchalari topildi.

Dresden Milliy Politsiya idorasi rahbari shahardagi har ikki jome’ masjidining oldida politsiya xodimlarining navbatchilik qilishini, tahlika ostidagi boshqa binolar ustidan qayta ko’rib chiqilajagini bildirdi.

Voqeada qanday portlaguvchi modadan foydalanilganligi ko’rilmoqda.

Bundan 3 kun avval ham Germaniyaning Hessen viloyatining Bebra shahridagi Din ishlari bo’yicha Turk-Islom ittifoqiga qarashli “Mimar Sinan” nomidagi jome’ masjidini ham o’z ichiga olgan Turk-Islom Madaniyat assotsiatsiyasiga molotov kokteyli otilib, binoning tashqarisiga qariyb 10 ming yevrolik ziyon yetkazilgan edi.



Aloqador xabarlar