AQShning terror ro’yhatidagi al-Nusra, AQShdan yordam olayotgan emish

AQSh, Rossiya va BMT tomonidan “terror tashkiloti” deb e’lon qilingan al-Nusraning katta qo’mondoni, Germaniyaning “Focus” jurnaliga bergan intervyusida AQShdan qurol-yarok jihatidan yordam olayotganliklarini aytdi

578108
AQShning terror ro’yhatidagi al-Nusra, AQShdan yordam olayotgan emish

Suriyadagi al-Nusra tashkiloti, o’zlarini terror ro’yhatiga kiritgan AQShdan qurol-yarok jihatidan yordam olayotganligini aytdi.

Tashkilotning katta qo’mondonining aytishicha AQSh al-Nusra tashkilotiga BMG-71 TOW rusumidagi tankka qarshi otadigan raketalar bosh bo’lish bilan birga ko’plab qurol-yaroq yuborgan.

Bir haftada bir marotaba chop etiladigan Germaniyaning “Focus” jurnali muxbiri Yurgen Todenxoferga intervyu bergan qo’mondon qurollarning AQSh, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan “terror tashkiloti” deb e’lon qilingan al-Nusraga yetkazib berilishida qaysidir tashkilotning vositachilik qilib qilmaganligi haqidagi savolga,

 “Raketalar to’g’ridan-to’g’ri bizga topshirildi. Amerika biz bilan birga” deb javob berdi.

Suriya Davlat rahbari Bashar al-Asad bilan hukumatni nazarda tutgan holda, “Rejim tarqagunga qadar kurashni davom ettiramiz” degan al-Nusra qo’mondoni, maqsadlarining shariat qoidalari asosida boshqarilgan islomiy davlat barpo etish ekanligini va hech qaysi dunyoviy davlatni tan olmasligini bildirdi.

Halabga gumanitar yordam ashyosi olib ketayotgan BMTga oid yuk tashuvchi mashinalarning portlatilishidan 10 kun oldin olingan intervyuda, al-Nusraning gumanitar yordam tashigan yuk tashuvchi mashinalarning o’tishiga ruxsat bermasligini ham aytgan qo’mondon,

“Yuk tashuvchi mashinalarning kirishiga ruxsat berishligimiz uchun rejim kuchlari, butun mintaqalarni tark etishi darkor. Bunga qaramay yuk tashuvchi mashinalar kelishni davom ettirgudek bo’lsa unda biz haydovchilarni tutqunga olamiz” dedi.

Amerika boshqaruvi, al-Qoidadan ajrab o’z nomini o’zgartirganligini e’lon qilgan al-Nusraning Amerika uchun haligacha terror tashkiloti ekanligini ovoza qilgan edi.

  

 

 

 



Aloqador xabarlar