Okinava orolida 5.7 magnitudali yer silkinishi yuz berdi

Yaponiyaning janubida joylashgan Okinava orolida, 5.7 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

577326
Okinava orolida 5.7 magnitudali yer silkinishi yuz berdi

Yaponiyaning “Kyodo” axborot agentligining aytishicha, ilk aniqlashlarga ko’ra jon bergan yoki tan jarohati olganlar yo’q. Shunga qaramay 5.7 magnitudali ekanligi aniqlangan yer silkinishi ortidan favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

AQSh Geologiya tadqiqot markazi, ushbu yer silkinishi epimarkazining, Okinava orolidagi Nago shahrining 113 kilometr shimoli-sharqida ekanligini ma’lum qildi.

Yer silkinishi ortidan tsunami borasida xalq ogohlantirilgani yo’q.   

Yaponiyada 2011-yilning 11-marti kuni, o’z tarihining eng yirik va dahshatli yer silkinishlaridan biri yuz bergan edi.

Roppa-rosa 9 magnitudali yer silkinishi va ortidan kelgan tsunami 19 ming kishining umriga, minglab kishining sog’ligiga shuningdek, Yaponiyaning shimoli-sharqidagi sohillarning ziyon ko’rishiga yo’l ochgan edi.

Joriy yilning 14 va 15 apreli kunlari yuz bergan 6.4 va 7.1 magnitudali yer silkinishi oqibatida 45 kishi jon bergan edi.

 



Aloqador xabarlar