Suriyaga gumanitar yordam safarbarligi boshlandi

BMT tomonidan jo’natilgan gumanitar yordamlar Suriyada og’ir qamal ostida bo’lgan hududlarga va nochor ahvolda kun kechirgan insonlarga tarqatiladi.

574881
Suriyaga gumanitar yordam safarbarligi boshlandi

Suriyada ichki urushdan zarar ko’rgan tinch aholiga takror gumanitar yordam faoliyatlari yo’lga qo’yiladi.

BMT Gumanitar faoliyatlar koordinatsiyasi markazi kotibi Jens Laerke ma’lum qilishicha, 19 sentyabr kuni Halap shahriga qarashli Urum Al-Kubra hududida BMT va Suriya Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli gumanitar yordam karvoni portlatilgan. Bu hodisadan so’ng, to’xtatilgan gumanitar yordamlar takror yo’lga qo’yiladi.

Uning aytishicha, BMT tomonidan jo’natilgan gumanitar yordamlar Suriyada og’ir qamal ostida bo’lgan hududlarga va nochor ahvolda kun kechirgan insonlarga tarqatiladi.

Bir necha kundan beri chegara ortidan kelgan gumanitar yordamlar Suriyaning Damashq va boshqa shaharlariga samolyotlardan turib tashlanganini ma’lum qilgan Laerke, BMTning gumanitar yordamlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish talabini eslatdi.

Ma’lum bo’lganidek, 19 sentyabr dushanba kuni Halapga qarashli Urum Al-Kubra hududida Suriya Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli gumanitar yordam karvoniga hujum qilindi. Hujum oqibatida 20 kishi halok bo’ldi.

Rossiya va Beshar Asad kuchlari bu hujumga aloqadorlikda ayblanmoqda. BMT Xavfsizlik kengashida Suriya masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda so’zga chiqqan Bosh kotib Ban Ki Moon bu hujumni qoraladi.

“Bu fojia barchamizning aybimizdir”,-deya ta’kidlagan Ban Ki Moon, Suriyadagi hodisalar butun kengash vakillarini qayg’uga solishi kerakligini tilga oldi.

Suriyada ba’zi hududlarda uchishni man qilish xususidagi talabni qo’llab quvvatlagan Ban Ki Moon Xavfsizlik kengashini Suriyada sodir qilingan urush jinoyatlarini Xalqaro sudga topshirishga chaqirdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #gumanitar yordam , #BMT , #Ban Ki Moon , #urush

Aloqador xabarlar