Mevlud Chavushog'lu Nyu Yorkda, o'zaro uchrashuvlar o'tkazmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, BMT Umumiy kengashiga ishtirok etish uchun borgan Amerikaning Nyu York shahrida, o'zaro uchrashuvlar o'tkazmoqda.

574788
Mevlud Chavushog'lu  Nyu Yorkda, o'zaro uchrashuvlar o'tkazmoqda

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, BMT Umumiy kengashiga ishtirok etish uchun borgan Amerikaning Nyu York shahrida, o'zaro uchrashuvlar o'tkazmoqda.

Chavushog'lu, AQShli Jumhuriyatchi Partiya Wisconsin Senatori, Tashqi Aloqalar Qo'mitasining Yevropa va Mintaqaviy Xavfsizlik Hamkorlik Qo'mitasi Rahbarİ Ron Johnsonni qabul qildi.

Chavushog'lu, FETO to'da boshi Fethullah Gulenni qaytarib berish mavzusida Amerikadan nima kutganini tushuntirdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavushog'lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertug'rul bilan ko'rishdi.

Uchrashuvda, Kiprda davom etgan muzokara jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda shuningdek, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiyadagi vakilligini kuchaytirishni, yangi bosh konsulliklar ochish mavzularini kun tartibiga keltirildi.

Mevlud Chavushog'lu shuningdek Mali, Keniya, Fil Suyagi Sohili tashqi ishlar vazirlari bilan ko'rishdi, Turkiyadagi to'ntaruv tashabbusi, FETO terror tashkilotining maqsadi va tuzilishi haqqida ma'lumot berdi.

Vazir Chavushog'lu, FETO terror tashkilotining ko'p sonda Afrika o'lkalarida barqarorlikka rahna solishi mavzusida ogohlantirdi.

Chavushog'lu Chexiya Respublikasi va Paragvay tashqi ishlar vazirlari bilan ham uchrashuvlar amalga oshirdi.

 



Aloqador xabarlar