AQSh kotibi John Kerry Suriyada uchish man qilingan hudud tashkil qilish fikrini qo'llab quvvatladi

“Ba’zi hududlarda havo vositalarining uchishini cheklashimiz kerak. Bu Suriya rejimining “Al Nusraga qarshi kurashyabman” bahonasi bilan tinch aholiga hujum qilishini oldini oladi",-deydi AQSh kotibi John Kerry.

574823
AQSh kotibi John Kerry Suriyada uchish man qilingan hudud tashkil qilish fikrini qo'llab quvvatladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning uchish man qilingan hudud tashkil qilish haqidagi taklifi Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan qo’llab quvvatlandi.

AQSh kotibi John Kerry Suriyada ba'zi hududlarda havo vositalarining uchishini cheklashni talab qildi.

Kerry BMT Umumiy kengashida o’tkazilgan Suriya anjumanida, uchish man qilingan hudud tashkil qilish taklifiga to’xtaldi va tinchliksevar muxoliflar bilan Al Nusra va DAIShni bir-biridan ajratish kerakligini aytdi.

“Ba’zi hududlarda havo vositalarining uchishini cheklashimiz kerak. Bu Suriya rejimining “Al Nusraga qarshi kurashyabman” bahonasi bilan tinch aholiga hujum qilishini oldini oladi. Barchamiz birgalikda nozik hududlarda mavjud barcha havo vositalarining uchmasligini ta’minlashimiz kerak. Shuningdek, gumanitar yordamlarni to’xtovsiz yetkazib turishimiz zarur”,-deydi AQSh kotibi John Kerry .

Bundan tashqari, Kerry Rossiyani Beshar Asad rejimini havo kuchlariga tegishli samolyotlarni urib tushirmaslikka ko’ndirishini talab qildi.

Beshar Asad rejimi bilan Rossiya kuchlarini gumanitar yordam tarqatish xodimlari va tinch aholiga nisbatan hujum qilganlikda ayblagan Kerry, sulh bitimiga qaramasdan, sodir qilingan havo hujumida Halap yaqinlaridagi bir salomatlik markazida 4 nafar xodim halok bo’lganini va bu hududda faqatgina Rossiya bilan Suriyaning jangovar samolyotlari uchganini ma’lum qildi.

 19 sentyabr kuni esa, yuqoridan to’liq ruxsat berilgan gumanitar yordam karvoniga 2 soat mobaynida to’xtovsiz o’q uzilgan va 20 nafar xodim voqea joyida halok bo’lgan.

“Bu hujum Suriyadagi tinchliksevar faoliyatlarimizga zarba berdi. Achinarlisi shuki, Rossiya bilan Beshar Asad rejimining Jenevadagi sammitda bergan va’dasiga sodiq emasligi xususida bizda shubha uyg’otdi”,-deydi AQSh kotibi John Kerry.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Amerika , #John Kerry , #uchish , #Suriya , #Rossiya

Aloqador xabarlar