Falastinning Al-Halil shahri yaqinlarida falastinlik arab Isroil askarlari tomonidan otib o'ldirildi

Achinarlisi shuki, 16 sentyabr juma kunidan beri turli bahonalar bilan Isroil askarlari tomonidan o'ldirilgan falastinlik arab soni 5 nafarga yetdi.

573873
Falastinning Al-Halil shahri yaqinlarida falastinlik arab Isroil askarlari tomonidan otib o'ldirildi

Falastinning Al-Halil shahri yaqinlarida falastinlik arab Isroil askarlari tomonidan otib o'ldirildi.

Isroil qo'shini ma'lum qilishicha, Al-Halil shahriga qarashli Kiryat Arba hududi yaqinlarida Isroil askariga pichoq bilan hujum qilgan falastinlik arab otib o'ldirilgan.

Achinarlisi shuki, 16 sentyabr juma kunidan beri turli bahonalar bilan Isroil askarlari tomonidan o'ldirilgan falastinlik arab soni 5 nafarga yetdi.

Falastin salomatlik kompleksi manbalari ma'lum qilishicha, Ramallah shahrining Dehire lagerida Isroil askarlari bilan falastinliklar o'rtasida sodir bo'lgan to'polonda Isroil askarlari uch nafar falastinlik arabni otib o'ldirgan.

Guvohlarning aytishicha, Isroil askarlari lagerga bosqin uyushtirib, ikki nafar falastinlik arabni qo'lga olmoqchi bo'lgan.

So'ngra, askarlar bilan arab yoshlar o'rtasida to'polon kelib chiqqan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin , #askar , #arab

Aloqador xabarlar