Germaniyada tijorat va investitsiya shartnomasi qoralandi

"Adolatli dunyo tijorati" shiori bilan o'tkazilgan namoyishlarga 200 ming dan ziyod inson qatnashdi.

572429
Germaniyada tijorat va investitsiya shartnomasi qoralandi

 

Germaniyada misli ko'rilmagan norozichilik namoyishlari bo'lib o'tdi.

Poytaxt Berlin, Munih kabi katta shaharlarda Yevropa Ittifoqining AQSh va Kanada bilan hamkorlikda tayyorlagan ikki tijorat va investitsiya shartnomasi qoralandi.

"Adolatli dunyo tijorati" shiori bilan o'tkazilgan namoyishlarga 200 ming dan ziyod inson qatnashdi.

Nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy yordam tashkilotlari va cherkovlar tomonidan qo'llab quvvatlangan namoyishlarda "Demokratiyani saqlab qoling, tijoriy shartnomalarni to'xtating!", "Mustamlakachilik avj olmoqda", "Adolatli tijorat, haq va huquq, standartlarga rozimiz, tijoriy shartnomalarga rozi emasmiz" deb yozilgan afishalar ko'tarildi.

Namoyishchilar erkin tijoratga emas, balki globallashuvning adolatsizligiga qarshi ekanini hayqirdilar.

Mazkur tijorat shartnomalari Avstriyaning poytaxti Venada ham 25 ming namoyishchi ishtirokidagi mitingda qoralandi.

 

 



Aloqador xabarlar