Suriyada, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirdi

AQSh Tashqi ishlar vaziri John Kerry, Suriyada kecha kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvini baholadi.

570137
Suriyada, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirdi

Suriyada, uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan dahshatli urushni sal bo’lsa ham to’xtata olish uchun qarorlashtirilgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kecha soat 19:00 dan e’tiboran kuchga kirdi.

O’q uzishni to’xtatish kelishuvi avvalom bor 48 soat davom etadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri John Kerry, Suriyada kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvini baholadi.

Suriyada, siyosiy yo’ldan boshqa yo’l yo’qligiga e’tibor qaratgan Kerry,

“Bu birlashgan Suriyani qutqarish uchun oxirgi imkon bo’lishi mumkin” dedi.

O’q uzishni to’xtatish kelishuvi doirasida Suriyadagi urushning to’xtatilishi va u yerga gumanitar yordasm yetkazish ko’zlanganligini belgilab o’tgan Kerry, 7 kunda tinchlik o’rnatilgudek bo’lsa unda Amerika va Rossiya rahbariyati birgalashib Umumiy ijro markazi tashkil etajagini eslatdi.

Urush to’xtamay, gumanitar yordamlar ko’zlangan manzilga erishilmagudek bo’lsa unda tartib-qoidaning davom etmasligini bildirgan Kerry,

“Bu nuqtaga asta-sekin yetib kelindi. Muammo ham asta-sekin hal qilinishi mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Suriya rejimi, Qurbon hayitidagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining 18-sentabrgacha davom etajagini e’lon qildi.

Bashar al-Asad rejimi, o’z armiyasining, har qanday o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilmaganlarga qarshi ham o’z haqqini himoya qilajagini ta’kidladi.

Muxolifat esa o’q uzishni to’xtatish kelishuvi haqida hech qanday bayonot bermas ekan mahalliy manbaalar, ba’zi tashvishlariga qaramay o’q uzishni to’xtatish kelishuvini qabul qilgandek niyatlarining borligini ma’lum qildi.  

Tashvishlari orasida, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi borasida hech qanday xavfsizlik kafolati berilmaganligi ta’kidlandi.   



Aloqador xabarlar