G-20 va Geopolitik vaziyat

Turkiyan Suriyaning tuproq yaxlitligi va barqarorligini to'liq qo'llab-quvvatlamoqda.

568960
G-20 va Geopolitik vaziyat

Turkiyaning Suriyadagi maqsadi, tuproq butunligini muhofaza etish, etnik yoki mazhab to'qnashuvlaridan uzoq Suriya xalqini o'z ichiga olga keng ko'lamli siyosiy bir tuzumni qo'llab-quvvatlash.

Xitoyning Hangzhou shahrida 4-5 Sentyabr kunlari orasida bo'lib o'tgan G-20 sammiti, yirik iqtisodiyotga ega davlat liderlarini kurraviy iqtisodiyot va iqlim o'zgarishini muhokama qilish uchun uchrashtirdi.

Sammitda shuningdek terrorga qarshi kurash, ko'chmanchi masalasi va Suriyada hamon davom etgan jang kabi geopolitik masalalar muhokama qilindi.

Geopolitik uslub va harakatlar bunga o'xshash anjumanlarda asosiy xususiyatlardan biridir.

Terrorizmga qarshi kurraviy ko'lamda bir tahdit bo'lganiga hamma hamfikir bo'lganiga qaramay, kimning terrorist bo'lgani haqqida esa kelishmovsizliklar davom etmoqda.

Xalqaro jamoatchilikning Suriyadagi jangni va Deash tahditini bartaraf qilishdagi muvaffaqiyatsizligi geopolitik kuchni ko'rsatish bilan yaqindan aloqali bo'lib afsuski Suriya jangi bu ko'rsatgichning asosiy sahnasi sifatida davom etadiganga o'xshaydi.

Bunga qaramay, yangi faol kuchlarga katta qiziqish ko'rsatilmoqda. Turkiya chegarasining Deashdan tozalanishi va Aziz bilan Jarablus o'rtasida yashagan o'nminglab Suriyalikka nafas oldirgan Turk Qo'shinining 24-Avgust kuni boshlatgan Efvrat qoldoni operatsiyasi bo'ldi.

Harbiy operatsiya bilan bir qatorda, Evfrat operatsiyasining siyosiy va diplomatik jihati ham inobatga olinishi kerak.

Turkiyaning Rossiya va Eron bilan aloqalarni tiklash g'ayrati, Suriyada so'ngi harbiy faoliyatlarni to'liq dastalanishiga zamin tayyorlagandir.

Shunga to'xtalish zarur; Turkiya, chegarada o'zini mudofaa etish haqqidan foydalanmoqda. Qolaversa, Turkiya harbiy operatsiyalarni hududda bir kelishmovsizikka sabab bo'lamasligi uchun ta'luqli tomonlar bilan maslahatlashib olib bormoqda.

Bu zafar, ko'p tomondan muhim bo'lsa ham, Suriya masalasining faqat bir parchasi xolos. Halabda kun o'tgan sayin salbiy tuz olgan vaziyat Suriyada har tomonni qayg'uga solmoqda.

Kutilganidek, musulmonlarning Qurbon xayit bayrami oldidan dushmanlikni bartaraf etish shartnomasini e'lon qilish Amerika, Rossiya va Turkiya o'rtasidagi muzokaralarning asosiy mavsusi edi.

Shartnoma kuchga kirganda Halap va atrofidagi aholiga tinch-totuv yashash imkonini beradi. Bu shartnoma janubda Damashqdan va shimolda Turkiyadan keladigan gumanitar yordamlarga qulaylik yaratadi. Agar shartnoma davom etsa, rejim va muxolif o'rtasida siyosiy muzokaralarning BMT nazoratida takror yo'lga qo'yishga fursat yaratadi.

 Suriya urushi 5 yildan beri davom etar ekan, bu urush barchani holdan toydirdi. Har kuni o'nlab inson nobud bo'lgan Suriyada tinch o'rnatish maqsadidagi shartnomalarni qabul qilish zarur ekan, asosiy maqsad urushni to'xtatish bo'lishi kerak. Bu esa, Suriyada terrorizmni bartaraf etish, qochqinlar masalasini bartaraf etish va Suriya xalqiga takror yaxshi hayot yaratib berish uchun birgina yo'l hisoblanadi.

O'tgan asrning yarmida yuzaga kelgan qochqinlar tangligiga Yevropaning munosabati achinarli ahvolda edi. Yana ham achinarlisi shuki, Yevropa siyosati noqonuniy ko'chmanchilikni to'xtatish va Yevropaning sodda ko'chalarini himoya qilish uchun qo'llab quvvatlangan xorij dushmanligi va irqchi oqimlar bilan tobora enfekta bo'la boshladi. Buni qabul qilib bo'lmaydi.

Turkiyaning Suriyadagi maqsadi Suriyaning tuproq butunligini saqlab qolish, etnik yoki mazhab to'qnashuvlaridan uzoq turish va siyosiy tartibga o'tish jarayonini qo'llab quvvatlashdir.

PKK propogandasining aksiga Turkiya Suriyada kurdlarga qarshi jang qilmayotir.

Faqatgina PKKning Suriyadagi hamkori YPGning tahdidlariga qarshi o'zini va Suriya xalqini himoya qilmoqda.

Bu vaziyatni suriyalik kurdlarga qarshi urush deb mulohaza qilish adolatsizlikdir.

Turkiyaning Suriyadagi,Iroqdagi yoki Erondagi kurdlarb bilan hech qanday muammosi yo'q. Turkiya qayerdan bo'lishidan qat'iy nazar terror tashkilotlariga qarshi kurashmoqda.

Biz musulmonlar yaqinlashib kelayotgan Qurbon xayit bayrami arafasida dunyoning ezilgan xalqlari bilan birga Suriya xalqining  boshqa butun insonlar kabi tinch-totuv yashashi uchun duo qilaylik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #g-20 , #sammitida , #geopolitik , #kuch namoyish , #etildi

Aloqador xabarlar