Rus jangovar samolyotlari Suriyada bir shifoxonani portlatdi

“Ruslar hududda yakka bo’lgan shifoxonani portlatdi. Bu shifoxona tuman va atrofidagi qishloqlarga xizmat berardi. Hujumdan so’ng, shifoxonada katta talofat yuzaga keldi va harobaga aylandi”,-deydi vakillar.

565292
Rus jangovar samolyotlari Suriyada bir shifoxonani portlatdi

Rus qo’shiniga tegishli jangovar samolyotlar Suriyaning Idlib shahriga qarashli Serakib tumanidagi bir shifoxonani portlatdi.

Mintaqaning nodavlat mudofaa vakili Hazim Sileybi Anadolu xabar agentligiga bergan bayonotida, rus jangovar samolyoti Idlib shahrining shimoli sharqida muxoliflar nazoratidagi Serakib tumanida joylashgan “Shifo” kasalxonasiga ikki marta havo hujumi sodir qilganini ma’lum qildi.

Sileybi: “Ruslar hududda tanho bo’lgan shifoxonani portlatdi. Bu shifoxona tuman va atrofidagi qishloqlarga xizmat berardi. Hujumdan so’ng, shifoxonada katta talofat yuzaga keldi va harobaga aylandi”,-dedi.

Rossiya Suriyada urushga kirgandan beri Idlib, Halap va Hamada muxoliflar nazoratidagi hududlarda maktab, shifoxona va savdo bozorlarini portlatmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #rus jangovar samolyot , #shifoxona , #hujum

Aloqador xabarlar