Somalining poytaxti Mogadishuda kuchli portlash sodir bo’ldi

Prezidentlik saroyi yaqinida bomba ortilgan transport vositasida sodir qilingan portlashda 10 kishi halok bo’ldi.

562275
Somalining poytaxti Mogadishuda kuchli portlash sodir bo’ldi

Somalining poytaxti Mogadishuda kuchli portlash sodir bo’ldi.

Prezidentlik saroyi yaqinida bomba ortilgan transport vositasida sodir qilingan portlashda 10 kishi halok bo’ldi.

Terroristlar hududdagi bir mehmonxonani portlatmoqchi bo’lishgan.

Bomba ortilgan transport mehmonxonaning devoriga borib urilib portlab ketgan.

Mehmonxonada davlat vazirlari va siyosatchilar ishtirokida xavfsizlik sammiti o’tkazilayotgan edi.

Portlash oqibatida mehmonxonada katta talofat yuzaga kelgan.

Yaradorlar soni 30 nafarni tashkil qilgan bo’lib, ular ichida bir vazirning ham borligi aytilmoqda.

Al-Qoidaga yaqinligi bilan bilingan Ash-Shabob terror tashkiloti portlashni sodir qilganini tan olgan.

Turkiya Somalidagi terror hujumini qattiq qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: “Turkiya do’st va qardosh Somali xalqining tinchligi uchun har qanday yordamni berishga tayyor”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Mogadishu , #portlash , #terrorist , #Al-Qoida

Aloqador xabarlar