AQSh, Turkiya boshlatgan harbiy operatsiyani baholadi

Amerika Qo'shma Shtatlari, Turkiya boshlatgan 'Firat Qolqoni' harbiy operatsiyasining, Deashga qarshi kurashning bir namunasi bo'lganini bildirdi.

559211
AQSh, Turkiya boshlatgan harbiy operatsiyani baholadi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Turkiya boshlatgan 'Firat Qolqoni' harbiy operatsiyasining, Deashga qarshi kurashning bir namunasi bo'lganini bildirdi.

Oq Uy voizi Josh Earnest, kundalik matbuot anjumanida, jurnalistlarning Turk Qurolli Kuchlari va Koalitsiya Havo Kuchlari tomonidan Suriyaning Turkiya chegarasidagi Jerablus hududida Deashga qarshi boshlatgan operatsiyalar bilan aloqali savollariga javob berdi.

Turkiyaning bu kirishuvining muhim bo'lganini ifoda etgan Earnest, "Strategik qarorlar chegaraning bu bo'limini yopish bilan bog'liq. Deashning tarmog'i bu yerdan o'tgani uchun bu yerni yopish kerak. NATO ittifoqdoshi Turkiya Deashga qarshi kurash sohasa katta hissa qo'shdi. Mana bu operatsiya ham buning namunasi" dedi.

AQSh-Turkiya aloqalarining kuchli bo'lganini, diplomatik aloqalarning ham muhim bo'lganiga diqqat qaratgan Josh Earnest, AQShning xalq saylagan, faqat bir oy avval to'ntaru uyushtirish bilan tahdit etgan Turk hukumatini qo'llab-quvvatlash uchun AQSh Prezident o'rinbosari Joe Bidenning Turkiyani ziyorat qilganini izohladi.

Earnest, "Turk xalqi va hukumati shuni tushunishi muhim; dunyoda eng faol Demokratiyaga ega AQSh, Turkiyada demokratiya dastakchisidir" deb ifoda etdi.

Fethullah terror tashkiloti to'da boshi Fethullah Gulenni Turkiyaga qaytarish mavzusida savollarga ham javob qaytargan Oq Uy voizi, ikki o'lka o'rtasidagi kelishuv va huquq qoidalarining bunga yechim topishini takidladi.

AQSh tashqi ishlar vazirlik voizi Elizabeth Trudeau ham, matuot anjumanida, Gulanni qaytarish mavzusida, jinoyatchilarni qaytarish jarayonining uzoq muddat davom etganini bildirib, Turkiya yuborgan dalillarni tekshirib chiqishlarini ifoda etdi.

Trudea, bu jarayonda Turkiyadagi vakillar bilan faoliyat olib borishlarini izohladi.

Joe Bidenning Anqara ziyorati chog'ida Kurt kuchlari Firatning G'arbidan chiqmagan taqdirda AQShning dastagidan mahrum bo'lishini bildirgani eslatilgach Truedau, Kurtlarning operatsiyadan keyin hududdan chqishga va'da berganini ifoda etdi.

Trudea, "Kurt qo'mondolar, Deashdan qutqargan maydonlarni mahalliy xalqga qo'yib chiqishga so'z berdi. Ularning so'ziga turishini kutamiz. Deashdan qutqarilgan maydonlarni mahalliy xalq nazorat qilishi kerak" dedi.

 



Aloqador xabarlar