Va nihoyat, Kolumbiyadagi 52 yillik ichki urush tugadi

Yerlaridan ajralgan dehqonlarni himoya qilish maqsadida 1964-yili tashkil topgan Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari bilan Kolumbiya hukumati o’rtasida 52 yildan beri davom etib kelayotgan ichki urush, 4 yillik muzokara ortidan va nihoyat tugadi.

559388
Va nihoyat, Kolumbiyadagi 52 yillik ichki urush tugadi

Kolumbiyaning inqilobiy qurolli kuchlari (FARC)-Xalq armiyasi bilan Kolumbiya hukumati o’rtasida qariyb 4 yildan beri davom etib kelayotgan muzokaralar va nihoyat Kubada o’z nihoyasiga yetdi.

Roppa-rosa 52 yillik urushni to’xtatgan “tarixiy” tinchlik kelishuvi, Kuba poytaxti Havanada imzolandi.

Imzo marosimi ortidan uyushtirilgan matbuot-anjumani chog’ida,

Yakuniy, to’g’ri va aniq ravishda kelishib olinganligi ma’lum qilindi.

Sentabr oyining oxirida yoki oktabr oyining boshida tomonlar uchrashadi.

Bu kelishuv ortidan Kolumbiya Hukumati bilan FARC o’rtasidagi tinchlik jarayonini kuzatish uchun BMT nomidan, mintaqada faoliyat olib borilishi kutilmoqda.

Tinchlik jarayoni, ko’pchiligi Lotin Amerika va Karib dengizi davlati uyushmasi nomidan tashrif buyurajak kuzatuvchilar tomonidan ham kuzatib boriladi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Barack Obama, Kolumbiya Davlat rahbari Juan Manuel Santosga qo’ng’iroq qilib, tinchlik kelishuvi yuzasidan tabrikladi.

AQSH va YI tomonidan terror tashkiloti ro’yhatiga kiritilgan Xalq armiyasi o’tgan asrning 90-yillarida qudratli kuchga ega edi va saflarida 17 mingdan ortiq a’zo bor edi. Oxirgi vaqtlarda ular soni qisqarib, kamida 7 minggina qolgan edi.

Kolumbiya Tarixiy Xotira Milliy markazi tomonidan e’lon qilingan hisobatga ko’ra Kolumbiyada oxirgi 52 yillik jarayonda, tomonlar o’rtasida yuz bergan qurolli to’qnashuvlar oqibatida 220 mingdan ortiq kishi o’ldirilgan. Undan tashqari qariyb 6 million kishi jon saqlash maqsadida o’z uy-joylarini tark etishga majbur bo’lgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar